Polimiksinlar
Polimiksinlar sporalar hosil qiladigan tuproq bakteriyalaridan olinadi. Kimyoviy jihatdan polipeptidazalardan iborat.
Taʼsiri
tahrirAsosan grammanfiy mikroorganizmlarga — ichak tayoqchasi, koʻk yiringli tayoqcha, shigella, salmonellalarga, tif, paratif, brutselloz paydo qiluvchi mikroorganizmlarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Polimiksinlar mikroorganizmlaming protoplazmatik membranalarini jarohatlab, bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Polimiksin ham boʻlinib turgan, ham tinch holatdagi mikroorganizmlarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Grammanfiy mikroorganizmlar polimiksinga nisbatan chidamli, chunki ular yuzasida polimiksinlaming joylashishiga toʻsiqinlik qiluvchi magniy ribonukleat mavjud. Polimiksinlar mikroblar hujayrasidagi sitoplazmatik membrananing asosiy faoliyati — fermentativ faoliyatini falajlaydi. Polimiksin hujayralardan tashqarida joylashgan mikroorganizmlarga qarshi taʼsir koʻrsatadi.[1]
Qoʻllanilishi
tahrirAmaliyotda polimiksin M va polimiksin B qoʻllanadi. Polimiksin M sulfat ogʻiz orqali va mahalliy malham shaklida qoʻllanadi. Neyrotoksik hamda nefrotoksik taʼsiri boʻlgani uchun polimiksin parenteral yoʻllar orqali yuborilmaydi. Modda ogʻiz orqali yuborilganda meʼda-ichakdan deyarli soʻrilmaydi, shu yerdagi mikroorganizmlarga bevosita qarshi taʼsir koʻrsatadi. Yangi tugʻilgan va hayotining birinchi oylaridagi chaqaloqlarda polimiksin meʼda-ichakdan qonga soʻrilishi mumkin. Polimiksin grammusbat mikroorganizmlar chaqiradigan meʼda-ichak kasalliklarida — kolit, enterokolit, gastroenterokolitlarda, oʻtkir va surunkali dizenteriyada, boshqa antibiotiklar taʼsir etmaganda, grammanfiy mikroorganizmlar tufayli kelib chiqqan yaralar, kuygan joyga infeksiya tushganda ham qoʻllanadi. Enteral va mahalliy qoʻllanganda salbiy taʼsirlar kam kuzatiladi, taʼsirlovchi xususiyati boʻlgani uchun dispeptik holat paydo boʻlishi mumkin. Polimiksinni buyrak kasalliklarida qoʻllash man etiladi.[1]
Polimiksin M sulfat
tahrirPolimiksin M sulfat taʼsirida grammanfiy bakteriyalar sezgir boʻlib ayrim bakteriyalarning turgʻunligi astra-sekin namoyon boʻladi. preparat mahalliy va enteral usul bilan tanaga yuborish boʻyicha buyuriladi. Parenteral usulda qoʻllash juda kuchli neyro va nefrotoksik taʼsir koʻrsatishi mumkin, shu sababli enteral usulda ichak kasalliklarida, jarrohlik amaliyoti oldidan qoʻllanadi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Azizova. Polimiksinlar, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006 — 452-bet. ISBN 978-9943-08-025-6.
- ↑ Odilov. Polimiksinlar. Toshkent: Ilm ziyo, 2007-yil — 256-258-bet. ISBN 978-9943-303-56-0.