Nuklein kislotalar
Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldigʻidan hosil boʻlgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiriboza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga boʻlinadi. Nukleotidlarning Nuklein kislotalardagi ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasini belgilaydi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida mavjud boʻlib, irsiy (genetik) informasiyani saqlash va nasldannaslga oʻtkazishdek eng muhim funksiyani baja-radi, hujayra oqsillarining bu in-formatsiyani voqe qiluvchi sintezi jarayoniga taʼsir koʻrsatadi. Organizmda erkin holda boʻladi, oqsillar bilan bir kompleks (nukleproteidlar)ni tashkil etadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |