Poliomiyelitga qarshi vaksina
Poliomiyelitga qarshi vaksina – poliomiyelitning oldini olish uchun qoʻllaniladigan vaksina[1][2]. Ushbu vaksinaning ikki turi mavjud. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti barcha bolalarni poliomiyelitga qarshi toʻliq emlashni tavsiya qiladi[3]. Har yili qayd etilib kelinayotgan natijalar shuni koʻrsatadiki, 1988-yil holatiga koʻra poliomiyelitdan aziyat chekkanlar soni 350 000 ni tashkil qilgan boʻlsa, ushbu vaksinani qo'llash orqali kasallanganlar soni 2018-yilga kelib 33 tani koʻrsatgan[4][5].
Vaksinadan soʻng ukol qilingan joyda yengil qizarish yoki ogʻriq paydo boʻlishi mumkin[6]. Vaksina ogʻiz orqali yuborilganda million kishidan taxminan uchtasida paralitik poliomiyelitga olib keluvchi holat kuzatilish ehtimoli bor[7]. Bundan tashqari, poliomiyelit infeksiyasidan falaj boʻlish har million kishidan 5000 nafarida uchraydi[8]. Ikkala turdagi vaksinani ham homiladorlik paytida va OIV/OITS bilan kasallangan kishilarda qoʻllash xavfsiz hisoblanadi[9].
Poliomiyelitga qarshi vaksinaning birinchi muvaffaqiyatli qoʻllanilgan shakli 1950-yilda Hilary Koprowski tomonidan odamlarga ichirilgan tirik, ammo zaiflashtirilgan virus boʻlgan[10]. Ushbu vaksinadan Amerika Qoʻshma Shtatlarida foydalanishga ruxsat berilmagan, ammo boshqa hududlarda undan muvaffaqiyatli foydalanilgan[11]. 1955-yilda Jonas Salk tomonidan ishlab chiqilgan faolsizlantirilgan (oʻldirilgan) poliomiyelitga qarshi vaksinaning muvaffaqiyatli qoʻllanilgani eʼlon qilingan[12][13]. Ogʻiz orqali yuboriladigan poliomiyelitga qarshi boshqa bir zaiflashtirilgan tirik vaksina Albert Sabin tomonidan ishlab chiqilgan va 1961-yilda undan tijorat maqsadida foydalanilgan[14][15].
Poliomiyelitga qarshi vaksina Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining asosiy dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan va hozirgi kunda poliomiyelit kasalligiga qarshi faol qo'llanilib kelinmoqda[16].
Manbalar
tahrir- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – June 2022". Weekly Epidemiological Record 97 (25): 277–300. 2022.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ „Global Wild Poliovirus 2014–2019“. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Does polio still exist? Is it curable?“. World Health Organization (WHO). 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-may.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ „Poliomyelitis“. World Health Organization (WHO). 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ „Hilary Koprowski, Who Developed First Live-Virus Polio Vaccine, Dies at 96“. The New York Times (2013-yil 20-aprel). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-sentyabr.

- ↑ Vaccination: A History. John Libbey Eurotext, 2011 — 395-bet. ISBN 978-2742007752.
- ↑ "Polio vaccines: WHO position paper – March, 2016". Weekly Epidemiological Record 91 (12): 145–68. 2016. PMID 27039410.
- ↑ "Pioneering figures in medicine: Albert Bruce Sabin – inventor of the oral polio vaccine". The Kurume Medical Journal 52 (3): 111–116. 2005. doi:10.2739/kurumemedj.52.111. PMID 16422178.
- ↑ The selection and use of essential medicines 2023: web annex A: World Health Organization model list of essential medicines: 23rd list (2023). Geneva: World Health Organization, 2023. WHO/MHP/HPS/EML/2023.02.