Polis
Polis (yun. polis, lotincha civitas) — shahar-davlat. Yunoniston va Qad. Italiyada jamiyat va davlatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tashkil etishning alohida shakli. P. davlat apparati toʻla huquqli erkak fuqarolarning xalq majlisi (apella, ekklesiya), kengash (gerusiya, areopag, bule, senat) va turli saylanuvchi mansabdor shaxslar (magistratlar) dan tashkil topgan. P.lar oligarxik (mas, Sparta) yoki demok-ratik (mas, Afina) boʻlgan. P.dagi shahar aholisining bir qismi (meteklar, perieklar, har qanday huquklardan mahrum boʻlgan qullar) fuqarolar tarkibiga kiritilmagan va huquqsiz boʻlgan. P. Yunonistonda miloddan avvalgi 4-asrning boshida (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi 5-asr), Rimda miloddan avvalgi 3—1asrlarda (eng rivojlangan davri miloddan avvalgi 5—3-asrlar) inqirozga uchragan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |