Polistirol P
POLISTIROL [-SN2-SN (S6N5)-]P —stirolnpng chiziqli polimeri, rang-siz yoki sargʻish shishasimon shaffof modda, mol. m. 30000—500000, zichligi 1060 kg/mh shishalanish temperaturasi 93°. Sanoatda stirolni polimerlab olinadi. Dielektrik xossasi yuqori, aromatik uglevodorodlarda, keton, efir va aldegidda eriydi; spirtda erimaydi; suv, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli. P. ni quyish, presslash va boshqa usullar bilan qayta ishlab olish mumkin. Shnekli pressda ishlov berib yupqa elektr izolyasiya plyonkalari (stirofleks) tayyorlanadi. Karbonat angidrid gazi, azot bilan koʻpiklashtirib penoplast hosil qilinadi. Yuqori chastotali dielektriklar tayyorlashda, uy-roʻzgʻor va texnika buyumlari ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |