Politsiya (ing. Police, olm. Polizei, rus. Полиция) — jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tuzilgan maxsus organlar tizimi. Politsiya huquqbuzarlikning ayrim turlari yuzasidan tekshiruv ishlarini olib boradi. Harbiy Politsiya ayrim davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya va boshqa davlatlarda) qurolli kuchlaridagi xizmat turi, yoʻl harakatini nazorat qiladi, qochoqlar (dezertirlar)ni ushlash, jinoyatlarni tekshirish va boshqa ishlarni amalga oshiradi, Rossiyada 1993-yilda soliq Politsiyasi tuzilgan. Oktabr toʻntarishigacha Turkiston general-gubernatorligida ham Politsiya boʻlgan. Masalan Toshkent shahrida Yangi shahar va Eski shahar Politsiya boshqarmasiga boʻlingan. Politsiya shtati 307 kishidan iborat boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasida Militsiya Politsiya funksiyasini bajaradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil