Koʻp tukli chuvalchanglar

(Polixetalardan yoʻnaltirildi)

Koʻp tukli chuvalchanglar, polixetalar (Polychaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 2 mm dan 3 m gacha. Tanasi juda koʻp (bir necha yuzta) halqalardan iborat. Har bir halqada bir juftdan koʻp tukli yassi koʻraksimon oʻsimtasi — parapodiysi boʻladi (nomi shundan olingan). Parapodiylar harakatlanish va, koʻpincha, jabralar vazifasini bajaradi. Ayrim oʻtroq yashovchi turlarida bu vazifani bosh tomonidagi paypaslagichlar oʻtaydi. Koʻzlari (koʻpincha, oddiy), muvozanat organlari rivojlangan. 25 taga yaqin turkumga boʻlinadi. 7000 dan ortiq turi maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda va tropik oʻrmonlardagi barg toʻshalmasida yashaydi. Erkin suzib yuradi; balchiqqa koʻmilib oladi, bir qancha turlari kum va balchiqdan koʻrgan vay — inlarida hayot kechiradi. Koʻpchiligi ayrim jinsli, tashqi urugʻlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumdan chiqqan troxofora lichinkasi, asta-sekin boʻgʻim chiqarib, voyaga yetgan Koʻp tukli chuvalchanglarch.ga aylanadi. Ayrim turlari koʻndalangiga kurtaqlanish orqali jinsiy koʻpayadi. Detrit bilan oziqlanadi; bir qancha turlari yirtqich. Deyarli barcha turlari suv hayvonlari ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega. Ayrim turlarining ikrasi yeyiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil