Poltava viloyati
Poltava viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937-yil 22-sentabrda tashkil etilgan. Chap Sohil Ukrainasining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 28,8 ming km². Aholisi 1723,9 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar va ruslar yashaydi. Poltava viloyatida 25 maʼmuriy tuman, 13 shahar, 23 shaharcha bor. Markazi — Poltava shahri. Boshqa muhim shaharlari: Kremenchug, Lubni, Mirgorod, Piryatin, Xorol, Gadyach. Poltava viloyati Dnepr sohili va qirda joylashgan. Yer yuzasi tekislik (balandligi shimoli-sharqda 170-202 m, janubi-gʻarbida 60 −100 m). Dnepr tomon qiya. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −5,5°, — 7,6°, iyulniki 20-21,7°. Yillik oʻrtacha yogin 430-560 mm (asosan, yezda yogʻadi). Daryolari Dnepr havzasiga mansub: Sula, Psyol, Vorskla. Hududining 70% ni oʻrtacha chirindili qoratuproq egallagan. Tabiiy dasht oʻsimliklari deyarli saqlanmagan. Oʻrmon va butalar hududining 7,5%ni egallagan (dub, shumtol, berest, joʻka, grab). Oʻrmonlarda los, yelik, qobon, boʻri, boʻrsiq, tulki, dashtlarda sassiqkoʻzan, malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, qushlardan qironqora, turna, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, bedana, chil, kaklik, toʻrgʻaylar yashaydi. Dare va koʻllar baliqqa boy. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik. Korxonalari, asosan, Poltava (teplovoz taʼmirlash, turbomexanika, „Ximmash“, avtoagregat va boshqa zavodlari), Kremenchug (avtomobil, vagonsozlik, yoʻl mashi-nalari), Lubni (stanoksozlik, mashinasozlik, hisoblash mashinalari), Karlovka (oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar) shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati tez rivojlanmoqda (Kremen-chugda neftni qayta ishlash va qurum zavodlari, Lubnida kimyo-farmatsevtika, Poltavada sunʼiy olmos va olmos as-boblar zavodlari), Kremenchugda ruda boy-itish kombinati qurilgan. Oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda (viloyat sanoat mahsulotining 31%). Yengil sanoatda (8%) ip yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik korxonalari ishlab turibdi. Yogʻochsozlik (3%) ham rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoatida granit qazib olinadi va qayta ishlanadi, te-mir-beton konstruksiyalar, gʻisht, keramzit shagʻali ishlab chikariladi.
Qishloq xoʻjaligi gʻallachilik, qand lavlagi yetishtirish bilan birga sut-goʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan, Asosiy tarmogʻi — dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 52,6% ini beradi. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, texnika, ozuqa ekinlari ekiladi. Ukrainadagi dorivor oʻsimliklarning 14% Poltava viloyatida yetishtiriladi (asosan, Lubni tumanida). Chorvachilik sut-goʻshtga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda, quyon boqiladi. Asalarichilik rivojlangan.
Asosiy transport turi — temir yoʻl (uz. 853 km). Avtomobil yoʻllari 10,5 ming km. Dnepr daryosida, qisman Sula daryosida kema qatnaydi. Poltava shahri havo yoʻli orqali Kiyev, Moskva, Ukrainaning viloyat markazlari va tumanlari bilan bogʻlangan. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 12 muzey, Mirgorod balneologik kurorti, sanatoriylar bor. POLKA (chexcha polka — yarim qadam) — chex xalq raqsi. Tez surʼatda, 2/4 musiqa oʻlchovida, davra boʻylab juft-juft boʻlib ijro etiladi. 19-asr oʻrtalarida Yevropada baya ratsei sifatida keng tarkalgan. Kompozitorlardan I. Shtraus, B. Smetana, A. Dvorjak, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov va boshqa P. janridan foydalanishgan. 19-asrning oxiridan Oʻzbekistonda ham tarqalib, uning ritmlari baʼzi uzbek kuylariga singdirilgan (mas, „Andijon polkasi“).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |