Pomologiya (lot. pomum — meva va ...logiya), navshunoslik — mevali va rezavor oʻsimliklar navlari toʻgʻrisidagi fan. Mevali va rezavor mevali oʻsimliklarni ilmiy rayonlashtirish, bogʻlarning nav tarkibini va ayrim navlarni muttasil yaxshilash va ulardan bogʻdorchilikaa samarali foydalanish masalalarini oʻrganadi. P. fan sifatida 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida shakllangan. Ilmiy P. rivojlanishiga ame-rikalik mashhur seleksioner-oʻsimlikshunos olim Lyuter Berbank (1849— 1926), I.V.Michurinnpng amaliy ishlari va asarlari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Ukrain pomolog olimi L.M.Simi-renko P.ning asosiy mazmunini ifo-dalab berdi. Uning mevali va rezavor mevali ekinlar navshunosligi, nav sinovi va rayonlashtirish masalalari boʻyicha asarlari muhim ahamiyatga ega.

P. mevali va rezavor mevali ekinlar seleksiyasining tarkibiy qismi-dir. Baʼzan P.ga mevali oʻsimliklarni botanik uslubiyatlar (U.P.Xendrik, K.Kox) bilan oʻrganuvchi botanika fanining bir qismi sifatida karaladi. Gʻarbiy Yevropada uning tavsifiy yoʻnalishi (A.Dil, E.Lukas, A.Lerua) ham mavjud.

Hozirgi davrda P.da navlarni hududlar boʻyicha ishlab chikarishbiologik urganish (ilmiy muassasalarning pomologiya bogʻlarida navni dastlabki oʻrganish, davlat nav sinash uchastkalarida eng istiqbolli navlarning davlat nav si novi, bogʻdorchilik xoʻjaliklarida dastlabki nav sinovi va davlat sinovidan oʻtgan is-tiqbolli navlarning i shl ab chiqarish nav sinovlari yoʻnalishlarida), navlar agrotexnikasi, navlarni ishlab chiqarish vositasi tarzida har tomonlama tavsiflash masalalariga alohida eʼtibor beriladi (yana qarang Nav, Navni raionlashtirish).

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston P.si ham boy tarixga ega. Olma, nok, urik, shaftoli, olxoʻri, uzum, anor, anjir, gilos, yongʻoq, bodomning mahalliy navlari hamda ularning tavsi-fi haqida 10-asrga oid manbalarda, shuningdek, "Boburnoma"da maʼlumotlar bor. 20-asr boshlarida Oʻzbekistonda P.ni rivojlantirishda P.P.Shreder, N.N.Shavrov, keyinchalik, K.F.Kostina, I.N.Ryabov, V.V.Kuznetsov, K.V.Vasilyev, A.S.Cherevatenko, A.G.Shreder, A.R.Shreder, S.I.Yagudina, S.Q.Sharipov, S.S.Kalmikov va boshqa hissa qoʻshgan.

Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida har bir meva turlari boʻyicha kollek-siyalar va P. bogʻlari barpo etilgan, institut tomonidan Oʻzbekiston P.siga bagʻishlangan toʻplamlar nashr qilingan.

Adabiyot

tahrir
  • Simirenko L.P., Pomologiya, t. 1—3, Kiyev, 1972—73; Sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodnix kultur i yagod. T., 1968; Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. Oʻzbekiston mevachiligi. T., 1967; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.

Sulton Xolnazarov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil