Porso Xoʻjayev

Oʻzbekistonlik pedagog.

Xoʻjayev Porso, Porso Xoʻja Hasan (1867-yil, Buxoro — 1937-yil 25-oktabr, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, Buxoro XSR va Oʻzbekiston SSR davlat va jamoat arbobi, pedagog[1].

Porso Xoʻjayev
Tavalludi 1867-yil
Vafoti 25-oktyabr 1937-yil(1937-10-25)
(70 yoshda)
Toshkent
Kasbi Pedagog
Mukofotlari Qizil yulduz ordeni

Hayoti va faoliyati

tahrir

Porso Xoʻjayev 1867-yil Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. 1890-yillardan jadidchilik gʻoyalariga qiziqa boshlagan. 1905-yildan Buxorodagi jadidchilik va „Yosh buxoroliklar“ safida yangi usul maktablari ochish va jadid gazetalarini chiqarish, koʻplab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918-yil martdan Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga qarshi kurashda ishtirok etgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920—1921-yillar), BXSR dehqonchilik noziri va nozir oʻrinbosari (1921-yil), Buxoro markaziy kasaba ittifoqi raisi (1922-yil), BXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922-yil avgust — 1924-yil noyabr) sifatida faoliay olib borgan. 1925-yildan Buxoro shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti boʻyicha komissiya raisi boʻlib, 1929-yildan Toshkentda koʻchib oʻtgan.

Vafoti

tahrir

Porso Xoʻjayev BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilik va sovet davlatchiligiga qarshi harakatlarda ayblanib, 1937-yil 14-oktyabrda otishga hukm qilingan va shu yilning 25-oktabrida, 70 yoshida Toshkentda otib oʻldirilgan[2]. 1962-yil 26-noyabrda oqlangan.

Mukofotlari

tahrir

Porso Xoʻjayev Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1-darajali Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Sultonov, Farxod; Bozorboyev, Farruh. O'zbekiston hukmdorlari. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007-yil — 78-bet. 
  2. . Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926-yil. 
  3. Xo'jayev, Fayzulla. Buxoro inqilobining tarixiga oid materiallar, Toshkent, 1997-yil.