Port-Said
Port-Said — Misrning shimoliy-sharqiy qismidagi shahar, Oʻrta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shimol tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Port-said — xalqaro ahamiyatga ega savdotransport markazi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. Port-Saidga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859-yilda asos solingan va Misr hokimi Saidposhsho nomi bilan atalgan[1].
Port-Said | |
---|---|
31°15′45″N 32°18′22″E / 31.26250°N 32.30611°E | |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |