Port-sudan
(Port-Sudandan yoʻnaltirildi)
Port-sudan - Sudanning shim.sharqiy qismidagi shahar. Kassala viloyatida. Axrlisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). P. -S. mamlakatning Qizil dengiz boʻyidagi eng katta porti. Chetga paxta, yer yongʻoq, chorvachilik mahsulotlari chiqariladi. Metallsozlik, neftni kayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Ip gazlama fabrikasi, kema taʼmirlash, paxta tozalash korxonalari, yirik elevator bor. Dengiz suvidan tuz olinadi. P. -S.ga 1908-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |