Musiqa portali

Musiqa (qadimgi yunoncha: μουσική — „muzalar sanʼati“) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar) ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazzoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. (Davomi...)

Yaxshi maqola

Elektrogitara — torli cholgʻu asbobi, gitaraning bir turi. Elektrogitaralar ovoz oluvchilar orqali metal torlarning tebranishini elektr audio signallarga aylantiradi. Elektrogitaradan chiqqan signal radiokarnayga toʻgʻridan-toʻgʻri ulash uchun juda kuchsiz boʻlgani sabab bu signal radiokarnayga berilishidan avval kuchaytiriladi. Elektrogitaradan chiqqan signal elektron signal boʻlgani uchun uni osonlik bilan elektron sxemalar yordamida turli xil qilib oʻzgaritish mumkin. Signalni oʻzgartirishning ikki keng tarqali usuli ovozni buzish (inglizcha distortion) va aks sado (inglizcha reverb) effektlaridir. (Davomi...)

YM statusini olgan boshqa maqolalar

Turkumlar

Tanlangan tasvir

Marilyn Manson Eurockéennes musiqa festivalida (2007)

Loyiha

VikiLoyihalar Musiqa loyihasi doirasida Vikipediyada musiqa bilan bogʻliq mavzularda maqolalar yozishni taklif etamiz.

Qardosh loyihalar

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash