Portalet qal'asi
Andoza:ParkPortalet qalʼasi (frans. Fort du Portalet) — Fransiyaning Pireney-Atlantik provinsiyasidagi Pireney togʻlarida joylashgan istehkom. U Aspe daryosi oqib o'tadigan chuqur vodiyda tashkil etilgan. Qal'a II Ikkinchi jahon urushidan keyin u natsistlar hamkori Vichi rejimining taniqli rahbarlari qamoqqa olingan qamoqxona sifatida ishlatilgan. Ulardan eng mashhuri feldmarshal Filipp Petain edi. Bugungi kunda u Fransiya Madaniyat vazirligi tomonidan tarixiy yodgorlik binolari ro'yhatiga kiritilgan va sayyohlar tashrifi uchun ochiq.
Tarixi
tahrirQurilishi
tahrirQal'aning qurilishi 1842-yil 22-iyulda qirol Lui-Filipp tomonidan boshlangan. Qal'aning maqsadi urush davom etayotgan Ispaniya chegarasini himoya qilish va ikki davlat o'rtasida muhim darvoza bo'lib xizmat qilish va Somport dovoni himoyasi edi. Qiyin geografik sharoitlar, iqlim va tosh tuzilishi qal'aning qurilishini kechiktirardi va u faqat 1870-yilda tugallanadi. Qal'a dengiz sathidan 765 metr balandlikda joylashgan bo'lib, Aspe vodiysida joylashgan.
1871-1945
tahrirQal'a 400 askarni sig'dirishga mo'ljallangan bo'lib, taxminan bir hafta davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qamalga dosh beradigan resurslar bilan jihozlangan. 1871-1925-yillar orasida unga 18-Pau piyodalar polki joylashgan. Ushbu sanadan keyin u harbiy obyekt sifatida evakuatsiya qilindi. 1939-yilgacha u davlat xizmatchilari uchun yozgi lager sifatida foydalanilgan.
U Ikkinchi Jahon urushi paytida Fransiya fashistlar Germaniyasidan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng hokimiyatga kelgan Vichi hamkorlik rejimi davrida Uchinchi Fransiya Respublikasining siyosiy rahbarlari qamoqqa olingan qamoqxona sifatida ishlatilgan. Qal'a keyinchalik nemis qo'shinlari tomonidan ishlatilgan va 1944-yilda fransuz qarshiliklari tomonidan bosib olingan. Davlatga xiyonat qilganlikda ayblangan marshal Petain 1945-yil 15-avgustdan 1945-yil 16-noyabrgacha u yerda qoladi, u suddan keyin Yeu oroliga yuborilgan.
1945-yildan hozirgi kungacha
tahrirUrushdan keyin 18 Polk qasrga qaytib keldi. 1952-yilda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy zonadan olib tashlangan. 1962 yilda sotuvga qo'yilgan qasrni noma'lum shaxs 171 ming fransuz frankiga sotib olgan bo'lsa-da, qal'a umuman ta'mirlanmagan. Qarovsizlik tufayli juda ayanchli ahvolga tushib qolgan qasrni 1999-yilda viloyat hokimligi tomonidan sotib olingan. Qal'aga olib boradigan yo'l yana foydalanishga yaroqli holga keltirildi, qal'ada jadal parvarishlash va ta'mirlash ishlari olib borildi. Bugungi kunda qasr tarixiy obida sifatida sayyohlarga xizmat qilmoqda.
Manba
tahrirYana qarang
tahrir- Vichy Fransası
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayt 23-fevral 2011-yilda arxivlangan. 2011-yil 19-mayda foydalanilgan
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |