Portlash

oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib chiqish jarayoni

Portlash — oniy vaqtda chegaralangan hajmda katta miqdorda energiya ajralib chiqish jarayoni. Maʼlum xajmni egallab turgan modda P. natijasida energiya ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch bilan harakatga kelti-ruvchi yuqori bosimdagi qizigan gazga aylanadi. P. qattiq jismda uning yemirilishi va parchalanishi bilan kuzatiladi. Muhitningt-rasi, zichligi, bosimining keskin koʻtarilishidan yuzaga kelgan harakat P. toʻlqini deyiladi. Bu toʻlqin muhitda juda katta tezlik bilan harakatlanadi. P. vakuumda yuz bersa, P. energiyasi turli tomonga katta tezlik bilan uchib chikadigan portlovchi moddalarning kinetik energiyasiga aylanadi va atrofdagi turli obʼyektlarga nisbatan mexanik taʼsirni yuzaga keltiradi. P. joyidan uzoklashgan sari P. toʻlqinining taʼsiri kuchsizlana boradi. Energiya manbainingtabiati va u qanday yoʻl bilan ajralib chiqishiga qarab P. bir necha turga boʻlinadi. Kimyoviy portlovchi moddalar kimyoviy boʻlinish xossasiga ega; bunda molekulalararo bogʻlanish energiyasi issiqlik energiyasi sifatida ajralib chikali. Portlovchi moddalar uchun temperatura oshishi kimyoviy boʻlinish tezligini ifodalaydi. Nisbatan past temperaturada kimyoviy boʻlinish juda sekin yuz bera-di, natijada portlovchi modda bilan atrof muhit orasida issiklik muvoza-nati yuzaga keladi. Agar ajralib chiquvchi issiklikning moddadan tashqariga chiqib ketmasligiga sharoit yaratilsa, temperatura oshishi bilan kimyoviy boʻlinish jarayoni tezlashadi, bunga issiqlik ajratib portlash deyiladi. Yana shunday P. jarayoni borki, bunda kimyoviy oʻzgarish portlovchi modda boʻylab birin-ketin qatlamdan qatlamgatoʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Moddaning ol-dingi holatidan juda yuqori bosimli va temperaturali holatga keskin oʻtishini taʼminlovchi bunday toʻlqin zarba toʻlqinidir (yana qarang Detonatsiya).

Moddalarning fundamental oʻzgarishlari bilan bogʻliq boʻlgan yadro P.lari ham mavjud. Bu P. atom yadrosiningtarkibiga kiruvchi elementar zarra (proton, neytron) larning bogʻlanish energiyasi ajralib chikishiga asoslangan. Modda ato-mi yadrosining parchalanishi natijasida nisbatan yengil yadroli elementlar hosil boʻladi. Yadrolarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan yangi neytronlar boshqa yadrolarning parchalanishiga olib keladi va, nixryat, parchalanish soni juda tez usadi. Shunday oʻz-oʻzini tezlatuvchi jarayonga zanjir reaksiyasi deyiladi. 100 kg uran yoki plutoniy yadrolarining parchalanishi uchun kerakli vaqt 10~6 s ni tashkil qiladi. Boshkariladigan zanjirli yadro reaksiyasi yadro reak-torida amalga oshiriladi.

Katta miqdordagi energiya ajralib chikadigan yadro reaksiyasining yana boshqa turi — yengil yadrolar sintezi reaksiyasi. Yuqori temperaturada yuz beruvchi sintez jarayeni termoyadro reaksiyasi deyiladi. Deyteriy yadrosining (vodorod izotopi 2N) sintezida shuncha massadagi uranning parchalanishida ajralib chiqadigan energiyadan 3-marta koʻp energiya ajralib chiqadi. Sintezga kerakli temperaturaga erishish uchun uran va plutonning yadro reaksiyasidan foydalaniladi. Yuqorida koʻrsatilgan P. turlarida ajralib chiqadigan energiya moddalarning molekulyar va yadro bogʻlanish energiyasidir. P. ning yana shunday turlari borki, ularda ajralib chiqadigan energiya tashqi manbadan yuboriladi. Shunday P.ga misol qilib muhitning kuchli elektr razrya-dini olish mumkin. Bunda elektr energiyasi razryadli oraliqda muhitni yuqori temperatura va bosimli ionlashgan gazga aylantiruvchi issiqlik koʻrinishida ajralib chiqadi. Fokuslantirilgan lazer nurini jismga taʼsir qildirish yoʻli bilan ham P. hodisasini hrsil qilish mumkin.

Tabiatda P.ni hosil qiladigan juda koʻp hodisalar mavjud. Chaqmoq vaqtida atmosferadagi elektr razryadlari, vulqonlarning toʻsatdan otilishi, yirik meteoritlarning yer yuziga tushishi turli P.larga misol boʻla oladi. Tungus meteoritining (1907) Yerga tushishi natijasida yuz bergan portlashda ~107 t trinitroluolning portlashida hosil boʻladigan energiyaga teng energiya ajralib chiqqan.

Kimyoviy portlovchi moddalar buzish ishlarida asosiy vosita hisoblanadi. Yadro P.larining buzish qobiliyati yuqori. Bitta yadro bombasining P.idagi energiya 10 mln. t kimyoviy portlovchi moddaning energiyasiga ekviva-lentdir.

P. ilmiy tadqiqot ishlarida ham keng qoʻllanadi. P. gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning yuqori bosim va temperaturadagi xususiyatlarini tekshirishda, fizikaning nomuvozanat jarayonlarida — turli muhitlarda massa, energiya va impulslarning uzatilishini, moddalarning faza oʻtishlari mexanizmlarini, kimyoviy reaksiya va boshqa hodisalarni oʻrganishda juda muhim. P. foy-dali qazilmalar joylashgan yerni aniklash va ularni ochishda, yoʻl, toʻgʻon va togʻlardagi tonnel qurilishlarini bajarishda P. jarayonidan keng foydalaniladi (qarang Portlatuv ishlari).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil