Posho
Posho, poshsho — Usmonli turk imperiyasila fuqarolar va harbiylarga berilgan faxriy unvon. Dastlab, vazir, beklarbegi va boshqa yuqori mansabdor shaxslar unga sazovor boʻlgan. P. idora etgan viloyat (eyyalet) yoki tuman (sanjoq) posholik deb atalgan. 19-asrdagi islohot (Tanzimat)dan keyin va munta-zam armiya tuzilgach, P. general va vazirlarga ham berilgan. Turkiya Respublika deb eʼlon qilingach (1923), faqat generallargina P. unvoniga ega boʻlgan. Keyinchalik Turkiyaning oʻzida (1934), soʻngra Misrda (1952), Iroqda (1958) bekor qilingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |