Postindustrial shaharlar
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Postindustrial shaharlar – Fan texnika inqilobi natijasida, sanoat yetakchilik qilgani holda, shaharlarning ilm-fan, texnik-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-maʼdaniy funksiyalari ortib borishi natijasida vujudga kelgan shaharlar. Bunday shaharlar koʻp funksiyali ishlarni amalga oshirib murakkab shahar funksiyalarini (aglomeratsiya, megapolis) hosil qiladi. Postindustrial shaharlar jahon miqyosida globallashish jarayonining yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlib, xalqaro ish yuritish, moliya-kredit, iqtisodiy-maʼdaniy, savdo, siyosiy-tashkiliy funksiyalar shaharlar rivojlanishining asosini tashkil etadi.