Prat – Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan qishloq.

Geografiyasi

tahrir

Prat qishlogʻi hududida 20 dan ortiq buloqlar mavjud. Shu sababli bu yerlarni Sutlibuloq qishlogʻi deb ham atashadi.

Etimologiyasi

tahrir

Ayrim manbalarda yozilishicha, Avliyo Sulton Uvaysning onasi boʻlmish Bibiroxat shu hududda yashagan. Odamlar Sulton Uvaysni ziyorat qilgani uning huzuriga tashrif buyurgan. Shunda u „Mendan oldin pirimiz-onamizni ziyorat qilinglar, chunki pir-hayot demakdir“ deb aytgan. Prot – „Pir – hayot“ soʻzidan kelib chiqqan, deya tahmin qilinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 106-bet.