Prezident maktabi (Qarshi)
Qarshi Prezident maktabi („Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida Qarshi shahridagi Prezident maktabi) — 2021-yil 4-oktyabr kuni Qarshi shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[1]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Maktabga xorijiy davlatlardan 12 nafar mutaxassislar jalb qilingan. Ular bilan birga 25 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Qarshi Prezident maktabi Qarshi shahridagi Prezident maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Qashqadaryo Qarshi, O‘zbekiston, | |
Maʼlumot | |
Asos solingan sanasi | 2-noyabr, 2021-yil |
Mutaxassislar | Mahalliy 25 ta, chet ellik 12 ta |
Direktor | Sodiqov Sardor Sodiqovich |
Til | Oʻzbekcha Inglizcha |
Website | Qarshi shahridagi Prezident maktabi |
Ochilish tarixi
tahrirQarshi shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 11-oktyabrda ochilgan. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, barcha sharoitlarga ega yotoqxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari va 15 oʻrinli oʻqituvchilar yotoqxonasi mavjud. 2021-yil maktabga 10 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilinadi. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin. 2021-yil 11-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarshi shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi[2].
Qabul qilish tartibi
tahrirPrezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi[3]. Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim[4]. Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi[5]. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi:
1.
2.
3.
2021—2022-oʻquv yili
tahrirQarshi shahridagi Prezident maktabiga 2021—2022-o‘quv yilida maktabga 10 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan[6].
Qulayliklar
tahrir- Maktab oʻquvchilari bepul taʼlim, 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi.
- Har bir oʻquvchi davlat tomonidan maktab davrida foydalanish uchun shaxsiy komputer bilan taʼminlanadi.
- Darslardan soʻng kamondan otish va chavandozlik, suzish, futbol kabi sport turlaridan va drama hamda musiqiy asboblar oʻrganish uchun mashgʻulotlar tashkil qilinadi[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Qarshi shahridagi Prezident maktabi faoliyatini boshladi“.
- ↑ „Mirziyoyev Qarshi shahridagi maktab o‘quvchilari bilan gaplashdi“.
- ↑ „Prezident maktablariga qabul qilish tartibi“. Piima.uz. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ „Prezident maktabida oʻqimoqchi boʻlgan oʻquvchilarning baholari qaysi fanlardan aʼlo boʻlishi kerak?“. Uza.uz (2021-yil 24-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ „Prezident maktablariga kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkaziladi?“. Uza.uz (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ „Qarshi shahrida Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda“.
- ↑ „Maktabda yaratilgan sharoitlar“.