Primula carniolica
Primula carniolica(lot.)- navroʻzguldoshlar oilasiga mansub, koʻp yillik gullaydigan oʻsimlik turi, muzlik davrida paydo boʻlgan, sloveniyada endemik tur va eng mashhur mahalliy oʻsimliklardan biri hisoblanadi.
Primula carniolica | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Primula |
Oila: | Navro'zguldoshlar |
Binar nomi | |
Primula carniolica |
Bu oʻsimlik Idrijadagi Divye koʻli atrofida oʻsadi. Bu turni birinchi marta doktor Janeš Anton Skopoli topgan, ammo, yangi tur sifatida tan olmagan. Faqat Baltasar Xak uni qazib olib, Vena shahriga joʻnatgan, u yerda oʻsha paytdagi yetakchi botaniklardan biri Nikolaus Jozef fon Jakken uni yangi tur deb taʼriflagan. Turga oʻsha paytda Avstriya imperiyasiga tegishli boʻlgan Karniola hududi nomi berilgan.
Tavsif
tahrirUzunligi 3-12 santimetr (1,2-4,7 dyuym), kengligi 1-4 santimetr (0,39-1,57 dyuym). Poyasi, asosi va barglari och yashil tusda, etli va tuksiz. Gullarining uzunligi 20-25 millimetr (0,79-0,98 dyuym), gultojibarglari yumshoq qizil, pushti yoki binafsha pushti tusda[1][2].
Oʻsimlik aprel va may oylarida gullaydi, qizil-binafsha gullari koʻp rangli toʻpgullarda rivojlanadi. Changdonlarida oq kukun koʻrinishidagi changlar rivojlanadi. Hasharotlar yordamida changlanadi.
Bu tur Sloveniyaning Yuqori, Quyi va Ichki Karniola[1] hududlarida, shuningdek , Sloveniya Litoralida[3], Trnov oʻrmoni va Iska daryosi darasida oʻsadi[1]. Oʻz diapazoni doirasida oʻsimlik 900-1000 metr (3000-3300 fut) balandlikdagi nam ohaktosh qoyalar, jarliklar va shimolga qaragan oʻtloqlarda uchraydi[2].
Bu tur 1922-yildan beri himoya ostiga olingan, shuning uchun oʻsish joylarga zarar yetkazish va gullarni yigʻish taqiqlanadi[1]. Primula carniolica madaniy oʻsimlik sifatida kamdan-kam ekiladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „CARNIOLAN PRIMROSE (PRIMULA CARNIOLICA)“. Government of Slovenia. 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Primula carniolica“. Alpine garden society plant encyclopedia. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
- ↑ „Primula carniolica“. UNIVERSITY BOTANIC GARDENS LJUBLJANA (SLOVENIA), DEPARTMENT OF BIOLOGY BIOTECHNICAL FACULTY. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.