Prissiliya (film)
Prissiliya – 2023-yilgi Amerika biografik drama filmi Sofiya Koppola tomonidan yozilgan, rejissyorlik qilingan va yaratilgan boʻlib, Prissiliya Presli (ijrochi prodyuser boʻlib xizmat qilgan) va Sandra Harmonning 1985-yildagi "Elvis va men" memuariga asoslangan. Filmda Preslining hayoti (Kaile Spaeny roʻl ijro etgan) va uning Elvis Presli (Jeykob Elordi) bilan munosabatlari tasvirlangan.
Prissiliya | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Sofia Coppola |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Sofia Coppola |
Qaysi asarga asoslangan |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | |
Kinematografiya | Philippe Le Sourd |
Muharrir(lar) | Sarah Flack |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | A24 |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 113 minutes[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $20 million[2] |
Daromadi | $5.3 million[3] |
Prissiliya premyerasi 2023-yil 4-sentabrda 80-Venetsiya xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdi. U 2023-yil 3-noyabrda keng jamoatga taqdim etishdan oldin [4], 27-oktabrda Amerika Qoʻshma Shtatlarida A24 maxsus kinoteatrlarida namoyish etilgan.
Syujeti
tahrir1959 yilda 14 yoshli Prissiliya Byuley oilasi bilan otasi AQSh harbiysi sifatida xizmat qiladigan Germaniyaning Bed Nauxeym shahrida istiqomat qiladi. Bazadagi ziyofatda Prissiliya shon-shuhratining choʻqqisida harbiy xizmatga kirgan 24 yoshli taniqli qoʻshiqchi Elvis Presli bilan uchrashadi. Elvis Prissiliyaga tez fursatlarda qiziqish bildiradi va ota-onasining qizlarining yosh farqi va Elvisning mashhurligidan xavotirlanishiga qaramay, ikkalasi uchrashib yurishni boshlaydilar. Elvis xizmatdan keyin Qoʻshma Shtatlarga qaytib ketadi va Prissiliya bilan aloqani yoʻqotadi va uni qoldirib ketadi.
Bir necha yil oʻtgach, 1963 yilda Elvis Prissiliya bilan qayta bogʻlanib, unga boʻlgan sevgisini eʼlon qiladi va undan AQShga, Tennessi shtatining Memfis shahridagi mulki Greyslendda u bilan birga yashash uchun kelishini soʻraydi. Elvis Prissiliyaga kelishi uchun aviachipta sotib oladi va uni Elvis, uning doʻstlari, biznes sheriklari va sevimli buvisi kutib oladi. Juftlik Las-Vegasga sayohat qilishadi va u yerda Prissiliya Elvis bilan ruxsatsiz dori isteʼmoliga berilib qoladi. Tobi qochgan Prissiliya Germaniyaga qaytadi va Elvisning yordami bilan ota-onasini oʻzi Greyslendga koʻchib oʻtishiga va Memfisdagi oʻrta maktabning soʻnggi yilini tugatishga ruxsat berishlariga koʻndiradi.
Gracelandda Elvis bilan oʻtkazgan vaqtlari ajoyib boʻlsa-da, Prissiliya u bilan aloqasi tufayli katolik oʻrta maktabida hayrat va masxara ob’ektiga aylanib qoladi. U Elvisning buvisi va uning Gracelanddagi xodimlari tomonidan yaxshi kutib olingan boʻlsada, Prissiliya tez orada Elvisning qoʻpol otasi va oʻgay onasi tomonidan tazyiqlarga uchraydi va Elvisning bir qator musiqiy komediyalarni suratga olish uchun Los-Anjelesga qilgan uzoq safarlari paytida u yolgʻizlanib qoladi. Bir marta Elvis oʻzi va uning doʻstlari uchun Prissiliya model liboslarini taqdim etishini va sochlarini sochlarini qora rangga boʻyashi hamda soxta kipriklarni taqish orqali tashqi qiyofasini oʻzgartirishini aytadi. Hayotidagi yangi sharoitlarga koʻnikib ulgurmay Prissiliya oʻrta maktabni bitirishga ulguradi.
Prissiliyaning hayotini yolgʻizlanish va ajratib qoʻyishlar tufayli uning ruhiy holatiga taʼsir qila boshlaydi, bu holat esa Elvisning xiyonati, shu jumladan uning hamkasbi Enn-Margret bilan qilgan xiyonati haqidagi juda mashhur mish-mishlar tufayli yanada yomonlashadi. Prissiliya Los-Anjelesda kutilmaganda paydo boʻlib, Elvis bilan bu masala haqida gaplashib olmoqchi boʻladi, lekin Elvis unga tahdid qilib, Prissiliya uning xatti-harakatlarini qabul qilishni oʻrganishini talab qiladi.
Oxir-oqibat, 1967 yilda Elvis Prissiliyaga turmush qurishni taklif qiladi va ikkalasi turmush qurishadi. Biroq, ularning quvonchi uzoq davom etmay, Elvisning mashhurlik yuki va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishining jadallashishi er-xotin munosabatlariga salbiy taʼsir qiladi. Oxir-oqibat Prissiliya homilador boʻladi va 1968 yil boshida Elvis oʻzining NBC kanalidagi maxsus qaytishiga tayyorgarlik koʻrayotganda farzandi Liza Marini dunyoga keltiradi. Prissiliya munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun kurashadi, ammo Elvis hissiy jihatdan oʻzgaruvchan boʻlib boradi va oxir-oqibat ikkalasi alohida hayot kechira boshlaydilar. Prissiliya koʻp vaqtini Kaliforniyada oʻzining ishqiy munosabatda boʻlgan karate oʻqituvchisi Mayk Stoun bilan oʻtkazadi.
1973 yilda spektakldan soʻng mehmonxona xonasiga Elvisni koʻrgani kirganida Prissiliya uni juda mast holda koʻradi va Presli unga nisbatan zoʻravonlik qilib jinsiy aloqaga mayil koʻrsatadi. Keyinchalik Prissiliya ajrashish uchun ariza berayotganini Presliga aytadi. Greyslendga tashrif buyurib, Elvisning uy bekalari va buvisi bilan xayrlashgandan soʻng, Prissiliya mashinani haydab ketadi, chunki Elvisning bir qancha muxlislari darvoza oldida oʻtirishardi.
Roʻllarda
tahrir- Keyli Spaeny Prissiliya Presli rolida (qizlik ismi Byuley)
- Jeykob Elordi Elvis Presli rolida
- Dagmara Dominchik Enn Beaulieu rolida, Prissiliyaning onasi
- Reyn Monro Boland va Emili Mitchell Liza Mari Presli rolida, uch va besh yoshda
- Rodrigo Fernandes-Stoll Alan „choʻchqa quloqlari“ rolida
- Lyuk Xamfri Terri Uest rolida
- Lin Griffin „Dodger“ buvi, Elvisning buvisi
- Den Beirn Jo Esposito roʻlida
- Olivia Barrett oshpaz Alberta roʻlida
- Den Abramovici – Jerri Shilling roʻlida
- R Ostin Ball Larri Geller rolida
- Mayk Stoun roʻlida Evan Annisett
Ishlab chiqarish
tahrirYaratish va sur’atga olish
tahrir2022-yil 12-sentabrda Sofiya Koppola Prissiliya Preslining Elvis Presli rolini Jeykob Elordi va Prissilla Presli rolini Keyli Spani oʻynagan "Elvis va men " memuarining adaptatsiyasini suratga olishi eʼlon qilindi. [5] Undan Prissiliyaning memuarini keyingi badiiy filmi uchun moslashtirishga nima sabab boʻlgani haqida soʻrashganida, Koppola intervyuda shunday javob berdi: "Men uning xotiralarini koʻp yillar davomida oʻqiganman va hatto uni ancha oldin oʻqiganimni eslayman. Yaqinda bir doʻstim u haqida gap ochib qoldi va biz u bilan kitobni muhokama qilishga kirishdik. Men uni yana bir bor oʻqib chiqdim va ushbu hikoyadan juda taʼsirlandim. Men besh oy davom etadigan bu katta Edit Uorton loyihasini boshlashim kerak edi. Men bunda bir nechta toʻsiqlarga duch keldim, biroq men faqat bitta gʻoya bilan filmni suratga olishga qaror qildim. Menga Prissiliyaning hikoyasi va uning Greyslandda oʻsmirlik chogʻida ulgʻayish nimani anglatishi haqidagi nuqtai nazari juda qiziq edi. U ayollikning barcha bosqichlarini bosib oʻtayotganday edixuddi – Mari Antuanettaga oʻxshaydi. [6] [7]
Prissiliya rolini oʻynash uchun nima sababdan aynan Keyli Spaeni tanlab olindi degan savolga Koppola quyidagicha javob bergan: „Film davomida qahramonim 15 yoshdan 27 yoshgacha davrni boshidan kechiradi va shuning uchun u yosh qiz rol oʻynashi va voyaga yetgan ayol boʻla kerak edi. Men uchun Prissiliyani hayotining turli bosqichlarida oʻynagan bir aktrisa boʻlishi juda muhim edi va menimcha, Kayli buni uddalay oladi. U juda kuchli aktrisa va u ham juda yosh koʻrinadi“. [6] Jeykob Elordining Elvis rolini oʻynashi haqida Koppola shunday dedi: „Hech kim Elvisga oʻxshamaydi deb oʻylagandim, lekin Jeykobda ham xuddi shunday magnetizm bor. U juda xarizmatik va uning atrofida qizlar aqldan ozgan, shuning uchun men uni bilardim. Bu turdagi romantik ikonani oʻynashni yaxshi koʻrishim mumkin edi. Lekin biz suratga olishni boshlashdan oldin gaplashyapmiz, shuning uchun men bunga chuqurroq kira olmayman“. [6] [8]
2022-yil 2-sentabrda Koppola bilan almashilgan emailda va keyinchalik Variety tomonidan qoʻlga kiritilgan elektron xatlarda 2023-yil yanvar oyida vafot etgan Liza Mari Presli film ssenariysidagi otasinining qanday gavdalantirganlarini tanqid qilib, xabarlaridan birida "Mening otam faqat yirtqich va manipulyatorlarga duch keladi. Uning qizi sifatida men buni oʻqimayman va otamni bu xarakterda koʻrmayman. Men buni oʻqimayman va onamning otamga boʻlgan nuqtai nazarini koʻrmayapman. Men buni oʻqib chiqdim va sizning hayratlanarli darajada qasoskor va nafratli nuqtai nazaringizni koʻrdim va nima uchun bundayligini tushunmadim? " [9]
Suratga olish
tahrirPrissiliya filmining asosiy suratga olish ishlari Torontoda 2022-yil 24-oktabrda boshlangan. [10] Suratga olish dekabr oyining boshlarida oʻz yakuniga yetdi.
Saundtrek
tahrirPrissiliyaning saundtrekida Elvis Preslining birorta ham musiqasi yoʻq. Koppolaning turmush oʻrtogʻi Tomas Mars va uning Feniks guruhi aʼzolari filmda asosiy musiqa nazoratchilari boʻlishdi va Rafael oʻgʻillari gruruhi film uchun original musiqa yozgan. [11] [12]
Ekranlarga chiqishi
tahrirPrissiliya premyerasi 2023-yil 4-sentabrda 80-Venetsiya xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdi [13]. U 6- oktyabr [14] [15] da 2023 yil Nyu-York kinofestivalining markaziy tanlovi sifatida namoyish etildi va 7 oktyabrda 42- Vankuver xalqaro kinofestivalida maxsus taqdimot sifatida Kanadada premyerasi boʻlib oʻtdi [16] [17] Film AQShda A24 tomonidan, Italiyada esa Vision Distribution tomonidan tarqatilgan. [5] Dastlab Stage 6 Films va Sony Pictures Releasing International tomonidan Amerika Qoʻshma Shtatlari va Italiyadan tashqariga sotilgan, keyinchalik Sony Preslining musiqa huquqlari saqlab qolinishi tufayli loyiha majburiy tark etildi. [18] Mubi keyinchalik bu huquqlarni qayta oldi va oʻzining The Match Factory xalqaro sotuvlar bilan shugʻullanadigan kompaniyasi va Mubining oʻzi Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Benilyuks, Turkiya va Lotin Amerikasida tarqatdi. [19]
Qabul
tahrirTeatr kassasi
tahrirFilm ilk ochilish kunida toʻrtta kinoteatrdan 132 139 dollar daromad keltirdi va har bir seansda ishlagan pul oʻrtacha 33,034 dollarni tashkil etdi. [20] Ikkinchi dam olish kunlarida kinoteatrlar soni 1344 taga yetdi va film 5,1 million dollar ishlab topib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. [21]
Tanqidiy javob
tahrirRotten Tomatoes koʻrib chiqish agregatori veb-saytida 172 tanqidchilarning sharhlarining 84 foizi ijobiy, oʻrtacha reytingi 7,2/10. Veb-saytning konsensusida shunday deyilgan: „Keyli Spaenining bosh roldagi ijrosi bilan Prissiliya Sofiya Koppolaning birinchi sevgi va shon-shuhratni aralashtirish natijasida hosil boʻlgan koʻpincha zaharli aralashmaga yumshoq, ammo aniq koʻz bilan qaraganini koʻradi.“ Oʻrtacha oʻrtacha qiymatdan foydalanadigan Metacritic filmga 50 ta tanqidchilar asosida 100 balldan 77 ball berdi, bu „umuman ijobiy“ sharhlarni koʻrsatdi.[24] PostTrak tomonidan soʻralgan tomoshabinlar unga 71% umumiy ijobiy ball berishdi, 50% esa filmni albatta tavsiya qilishlarini aytishdi.
BBC Madaniyati muxbiri Nikolas Barber uni Prissiliyaning „past ifodalangan, qarab baho berib boʻlmaydigan portret“ deb topdi, bu Baz Luhrmannning Elvisdagi (2022) Elvis hikoyasi haqidagi ohangidan keskin farq qiladi. [22]
Mukofotlar va nominatsiyalar
tahrirMukofot | Kuni | Turi | Qabul qildi | Natija | Ref. |
---|---|---|---|---|---|
Venetsiya Film Festivali | September 9, 2023 | Tilla Sher | Sofia Coppola | Nominatsiya | [23] |
Eng yaxshi aktrisa uchun Volpi kubigi | Cailee Spaeny | Gʻolib | [24] | ||
Gotam Mustaqil Film Mukofoti | November 27, 2023 | Eng yaxshi bosh ijrochi uchun | Kutilyapti | [25] | |
Midelburg Film Festivali | October 22, 2023 | Variety Collaborators Award | Sofia Coppola and Stacey Battat | Yutdi | [26] |
Mil Valley Film Festivali | October 16, 2023 | Film yaratish | Sofia Coppola | Yutdi | [27] |
Manbalar
tahrir- ↑ „Priscilla (15)“. British Board of Film Classification (2023-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ Bergeson, Samantha „Sofia Coppola Almost Raffled Off a Pickleball Game with Jacob Elordi to Help ‘Priscilla’ Budget“. IndieWire (2023-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Priscilla“. The Numbers. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
- ↑ D'Alessandro. „'Priscilla' Moves To November Following Big Splash At Venice“. Deadline Hollywood (2023-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Jacob Elordi to Play Elvis, Cailee Spaeny Is Priscilla Presley in Sofia Coppola's Film 'Priscilla'“ (en). Variety (2022-yil 12-sentyabr).
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Bell. „Sofia Coppola Will Now Take You Behind the Scenes of Her Priscilla Presley Biopic“ (2022-yil 14-oktyabr).
- ↑ Frost. „‘Priscilla’ Script Was “Vengeful And Contemptuous,” Lisa Marie Told Director Sofia Coppola“. Deadline (2023-yil 4-noyabr).
- ↑ Shafer. „Priscilla Presley on 'Priscilla's' Portrayal of Her Age Difference With Elvis: 'He Respected the Fact I Was Only 14 Years Old'“. Variety (2023-yil 4-sentyabr).
- ↑ Donnnelly, Matt. „Lisa Marie Presley Slammed Sofia Coppola’s 'Priscilla' Script as 'Vengeful and Contemptuous' for Elvis Depiction Before She Died (EXCLUSIVE)“. Variety (2023-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ VanHoose. „See Jacob Elordi and Cailee Spaeny as Elvis and Priscilla Presley on Set of Sofia Coppola Movie“ (en). People (2022-yil 25-oktyabr).
- ↑ Shafer. „'Priscilla' Music Supervisor Randall Poster and Phoenix on the 'Challenge’ of Not Having Elvis Songs and That Heartbreaking Final Scene“. Variety (2023-yil 4-noyabr).
- ↑ „Priscilla Press Conference at 80th Venice Film Festival“. Biennale Channel (2023-yil 4-sentyabr).
- ↑ Tartaglione. „Venice Film Festival Lineup: Mann, Lanthimos, Fincher, DuVernay, Cooper, Besson, Coppola, Hamaguchi In Competition; Polanski, Allen, Anderson, Linklater Out Of Competition – Full List“. Deadline Hollywood (2023-yil 25-iyul). Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.
- ↑ Rubin. „Sofia Coppola's 'Priscilla' Set as New York Film Festival Centerpiece Selection“. Variety (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
- ↑ Kay. „Sofia Coppola's 'Priscilla' named Centerpiece selection at New York Film Festival“. ScreenDaily (2023-yil 20-iyul).
- ↑ „VIFF: Galas & Special Presentations“. VIFF.org. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sofia Coppola's Priscilla Presley biopic to play Vancouver film festival“. Citynews Toronto (2023-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ Thompson. „‘Priscilla’ Was Shockingly Hard to Finance — One Man Stepped in and Saved It“. IndieWire (2023-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
- ↑ Ramachandran. „Sofia Coppola's 'Priscilla' Acquired by Mubi for International Distribution“. Variety (2023-yil 22-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
- ↑ D'Alessandro. „'Five Nights At Freddy's' $78M Breaks Mold On Peacock Theatrical Day & Date; Best Opening For Blumhouse, Halloween & More – Box Office Update“. Deadline Hollywood (2023-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ D'Alessandro. „Weekend Box Office Hits Near Annual Low Of $58M In ‘Dune’-Less Frame As Strike Continues; ‘Freddy’s Leads With 309M“. Deadline Hollywood (2023-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
- ↑ Barber. „Priscilla review: Sofia Coppola has directed a 'sympathetic tribute' to Elvis's wife“. BBC Culture (2023-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Venezia 80 Competition“. La Biennale di Venezia. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
- ↑ Tartaglione. „Venice Winners: Golden Lion Goes To Yorgos Lanthimos For 'Poor Things'; Hamaguchi, Sarsgaard, Spaeny Also Score — Full List“. Deadline (2023-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ Lewis. „‘Past Lives,’ ‘A Thousand and One’ and ‘All of Us Strangers’ Top Gotham Awards Film Nominees“ (en-US). The Hollywood Reporter (2023-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
- ↑ Davis. „Cord Jefferson’s ‘American Fiction’ Wins Audience Award at Middleburg Film Festival“ (en-US). Variety (2023-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
- ↑ „Priscilla – Mill Valley Film Festival“. www.mvff.com. 2023-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.