Pristan — Bu Bandargoh. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1958-yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. 1958-yil 16-aprelda asos solingan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Nukus (8 km). Amudaryoda transportning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Aholisi 15,7 ming kishi (2002). Temir-beton va duradgorlik buyumlari ishlab chiqariladi. Aroq-vino zavodi, umumiy taʼlim maktablari, klub, madaniyat uylari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil