Priyanka Chopra
Priyanka Chopra Jonas[1] (qizlik familiyasi Chopra; 18-iyul 1982-yil) hind aktrisasi, qoʻshiqchisi, film produseri va modelidir. Priyanka Hindiston armiyasining shifokorlari oilasida dunyoga kelgan. U Lukcnowidagi „La Martiniere“ qizlar maktabida, undan soʻng Barillydagi St. Maria Yoretti kollejida tahsil olgan. U 13 yoshda AQShga ketadi. 2000-yilda Priyankaning onasi uni „Miss India“ tanloviga borishni taklif qiladi va shu tariqa Priyanka faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Miss India“ tanlovida gʻolib boʻldi.
Priyanka Chopra | |
---|---|
Chopra 2018-yilda | |
Tavalludi |
18-iyul 1982-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 2000—hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Nick Jonas (turm. 2018) |
Faoliyati
tahrir2002-yil Abbas Mustanning romantik triller "Humraaz" filmida debut rol ijro etdi. Priyanka aynan shu film orqali aktrisalikka va Bollywoodga qadam qoʻyadi. Keyinchalik u bir nechta hit filmlarda rol ijro etadi. Shulardan biri 2004-yil Rakesh Roshanning "Krrish" filmidir. Bu filmda u Hrithik Roshan bilan juftlik yaratdi. Bu fim 1,17 milliard rupiy foyda keltirdi. "Krrish" filmidan soʻng 2006-yilda Farhan Ahtarningladining "Don" filmida Shahrukh Khan bilan hamkorlikda ishladi. 2007-yilda "Saalam-e-Ishq" filmida Salman Khan bilan juftlik yaratdi. Priyanka 2012-yildan qoʻshiqchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Hozirda uni "In my city" (2012), "Exotic" (2013-yilda Pitbull bilan hamkorlikda yozilgan),"I can't make you love" (2014) qoʻshiqlari mavjud.
Filmografiya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Basu, Nilanjana „After Wedding To Nick Jonas, Priyanka Chopra Changes Her Name On Instagram“. NDTV (6-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2018-yil.