Prognoz- biror-bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza. Prognozning ikki ko'rinishi mavjud: tabiiy-ilmiy prognoz va ijtimoiy prognoz. Ular bir biridan o'zlarining xarakterlari bilan ajralib turadi. Masalan tabiiy-ilmiy prognozdan bashorat qilinayotgan hodisaning vujudga kelishini tezlashtirish yoxud oldini olish maqsadida foydalanish cheklangan. Bunday prognozlar turkumiga metereologik, gidrologik, geologik (litosfera hodisalariga doir), biologik ( masalan, hayvonot olami va o'simliklar kassaliklariga doir), tibbiy-biologik (inson organizmidagi kasalliklarga doir), ilmiy-texnik, kosmologik, fizikoximik prognozlar kiradi. Ijtimoiy prognozlardan olingan informatsiyalar maqsadga muvofiq faoliyatda shu qadar keng qo'llaniladiki, kishilar o'z xatti-harakatlari bilan bashorat qilinayotgan hodisaning vujudga kelishini behosdan tezlashtirib yuborishi ham mumkin. Bunday prognozlar sarasiga fan va texnikaning umumiy tarqqiyotiga doir prognozlar, ijtimoiy prognozlar, iqtisodiy prognozlar, psixologik prognozlar, siyosiy prognozlar va boshqalar kiradi. Prognozlar o'z maqsadiga koʻra ham farq qiladi. Ayrim prognozlar mavjud tendensiyalarning oqibatlarini aniqlash maqsadida qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
Falsafa qomusiy lug'at

„OʻZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYaTI NAShRIYoTI“ „ShARQ“ NAShRIYoT-MATBAA AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI BOSh TAHRIRIYaTI TOShKENT — 2004