Prostata bezi adenomasi
Prostata bezi adenomasi -yoshi ulgʻaygan erkaklarda prostata bezining kasallanib, oʻsmasimon (xavfsiz) kattalashuvi. Prostata bezi adenomasia. sekin rivojlanadi, dastlabki belgisi tez-tez va, ayniqsa, tunda zahartang qilishidir; avvaliga siydik ingichkalanib tusha-di va uzoqqa bormaydi. Bemor goʻyo oyogʻi orasiga siygandek boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu holat kuchayadi: siydik tomchilab keladi, baʼzan toʻliqtutilib ^lishi ham mumkin. Kasallik juda oʻtib ketgan hollarda siydik ixtiyorsiz tomaveradi, biroq bemorning qovugʻi boʻshamaganga oʻxshab turadi. Bu belgilar bilan bir qatorda buyrakda ham turli oʻzgarishlar yuzaga keladi. Buyrak kosachalari va jomi kengayadi, buyrak yalligʻlanadi (qarang Piyelonefrit); tosh pay-do boʻlishi ham mumkin (qarang Siydik toshi kasalligi). Prostata bezi adenomasia. ulgʻayib ketishining oldini olish uchun kasallikning birinchi belgilaridanoq vrachga koʻrinib, uning tavsiyalariga (gigiyenik rejim, parhez va boshqalar) amal qilish lozim. Ay-niqsa, oyoklarni sovqotishdan ehtiyot qilish kerak. Siydik qistaganda dar-hol qovuqni boʻshatish lozim. Prostata bezi adenomasia. operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |