Aleyron donachalari
(Protein donachalaridan yoʻnaltirildi)
Aleyron donachalari, prote-in donachalari (yun. aleuron — un-urvoq) — endospermdagi oqsil moddalarning kristallangan qattiq, dumaloq dona-chalari. Ular baʼzi moyli oʻsimliklar (mas, kanakunjut) urugʻida yirikroq, bugʻdoy, arpa va boshqa urugʻida esa maydaroq boʻladi. Urugʻdan unib chiqadigan maysa Aleyron donachalari hisobidan oziqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |