Protez (yunoncha: prothesis — qoʻshish, ulash) — qoʻl-oyoqlarning yoʻq qismlari yoki gavda va aʼzolarning boshqa mayib qismlari oʻrnida vaqtincha yoki doimiy ishlatiladigan mexanik moslama. Kosmetik nuqsonni yashirish (mas, koʻz P.zi) yoki oʻzgargan funk-siyani tiklash (mas, panja P.i, tish P.i) uchun xizmat qiladi.

Kosmetik, ishchi x.amda davo P.lari farq qilinadi. Aktiv, harakatlanuvchan va ushlash funksiyasini bajaradigan ishchi P.lar korxonalarda ishlash imkonini beradi. Odatda, bu xil P.ning ichiga ishlash moslamalari joylashtiriladi. Kosmetik (anatomik) P. yoʻqotilgan aʼzo (mas, qoʻl-oyoq, koʻz, tish, quloq chigʻanogʻi, koʻkrak bezi va boshqalar) shakli va qisman funksiyasini tiklash uchun ishlatiladi. Davo protezi biror aʼzo funksiyasini tiklash maqsadida vaqtincha qoʻllanadi (mas, ortopedik poyabzal, skoliozda tanaga kiydiriladigan korset, bandaj, ortopedik apparatlar va hokazo). Qoʻl va oyoq P.lari bir necha xil boʻladi. Oyoq pan-jasi kesilganda panja, toʻpikdan tiz-zagacha kesilganda boldir, boldirdan chanoq boʻgʻimigacha kesilganda son va umuman oyoq boʻlmaganida chanoqson P.idan foydalaniladi. Qoʻl P.ining esa panja, bilak, yelka va boshqa xillari boʻlib, bu koʻproq amputatsiya qilingan soha choʻltogʻiga moslanadi. P. polietilen, xlorvinil, termoplast va boshqa materiallardan yengil, qulay va chi-damli, gigiyenik talablarga javob be-radigan qilib tayyorlanadi. Oʻzbekistonda P.lar ochiq turdagi "Ortopediya" aksiyadorlik jamiyati zavodida tayyorlanib, nogironlarga bepul beriladi va vaqtvaqti bilan almashti-rib turiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil