Protrombin
Protrombin (yun. pro — ilgari va trombin) — qon plazmasidagi murakkab oqsil (glikoproteid). P. jigarda K vitamin ishtirokida sintezlanadi. Qon ivish jarayonida P.dan trombin fermenti hosil boʻlib, u tromb shakllanishini tezlashtiradi. P. yetishmaganda gemorragii, diatez kasalligi kelib chiqadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |