Prus tili
Prus tili — boltiq tillaridan biri, baʼzan uni nemis tilining prus shevalaridan farqlash uchun qad. prus tili deb ham atashadi. Prus tili Boltiqboʻyining janubi-sharqida, Visla daryosining sharqida tarqalgan; 2-ming yillikning boshlarida uning tarqalish hududi to-rayadi. 18-asr boshida esa Prus tili ulik tilga aylanib, pruslarning avlodlari nemis tilida soʻzlasha boshlaganlar.
Prus tili | |
---|---|
Milliy nomi | Prūsiskan |
Mamlakatlar | Polsha, Rossiya va Litva |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 50 |
Alifbosi | Lotin alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | prg[1] |
Prus tilining 14—16-asrlardan saqlanib qolgan yodgorliklari — 800 soʻzli nemischa-pruscha, 100 soʻzli pruscha-nemischa lugʻatlar, bir qator hujjatlar, sheʼriy parchalar hamda nemis tilining prus shevalari va polyak tilidan oʻtgan oʻzlashmalar bu til haqida muayyan tasavvur uygʻotadi.[2]
Yana qara
tahrirManbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |