Psixofizika — qoʻzgʻatuvchining kuchi bilan undan paydo boʻladigan sezgi darajasi oʻrtasidagi miqdoriy munosabatni oʻrganuvchi psixologiya tarmogʻi. 19-asrning 2yarmida G. Fexner asos solgan. Sezgi chegarasini, yaʼni inson sensor sistemasidagi sezuvchanlikning oxirgi nuqtasini oʻlchash (Veber-Fex-ner qonuni va boshqalar) va psixofizik shkalalar tuzish (S. Stivene va boshqalar) masalalarini oʻz ichiga oladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil