Psixotrop moddalar
(Psixotrop Moddalardan yoʻnaltirildi)
Psixotrop moddalar, neyro leptik moddalar, neyroleptiklar — kishining psixik faoliyatiga taʼsir etadigan dorilar guruhi; ular es-hushni buzmay, alaxlash, gallyutsinatsiya va psixozga xos boshqa belgilarni yoʻqotadi. Nerv kasalliklari va psixik kasalliklarni davolashda qoʻllanadi. Taʼsir etishiga koʻra neyroleptiklar (aminazin), anksiolitiklar (seduksen va boshqalar), psixostimulyatorlar (fenamin va boshqalar), antidepressantlar (amitriptilin) va hokazolarga boʻlinadi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |