Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiya
Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiya[1] (1971-yildagi Vena konvensiyasi) — psixotrop moddalarni suisteʼmol qilishga va ularning noqonuniy savdosini oldini olishga qaratilgan BMT shartnomasi. 1976-yil avgustda kuchga kirgan. 2008-yil noyabr holatiga koʻra konvensiyaga 183 ta davlat qoʻshilgan[2].
Nazorat qilinadigan psixotrop moddalar terapevtik qiymatiga va ulardan foydalanish bilan bogʻliq potentsial xavfga qarab toʻrtta guruhga boʻlingan.
- I guruh — gallyutsinatsiya chaqirish xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar, ilmiy foydalanish uchun tasdiqlangan va tibbiy maqsadlarda cheklangan.
- II guruh — yuqori qaramlik potentsialiga ega boʻlgan va suisteʼmol qilish keng tarqalgan, ammo terapevtik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar.
- III guruh.
- IV guruh.
2008-yil noyabr holatiga koʻra 116 ta psixotrop moddalar xalqaro nazorat ostida turadi[2].
II, III va IV guruhlarga kiritilgan barcha moddalar faqat retsept boʻyicha berilishi kerak, yorliqlar va qoʻshimcha varaqalarda ulardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, shu jumladan zarur ogohlantirishlar va oldini olish choralari boʻlishi kerak. Ushbu moddalarni jamoatchilik oldida reklama qilinishini taqiqlash kerak. I guruhdagi moddalardan foydalanish faqat davlat nazorati ostidagi tibbiy yoki tadqiqot muassasalarida yoki maxsus ruxsatnoma bilan ruxsat etiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Конвенции и соглашения“. Организация Объединённых Наций. Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 Jose Antonio Ocampo.. Международный комитет по контролю над наркотиками. 2008 год. Доклад. United Nations Publications, 2009. ISBN 9789214480358.