Psyol yoki Psel (ukraincha: Псьол, Псел, Псло) — Rossiya Federatsiyasi va Ukraina hududlaridagi daryo. Dneprnit chap irmogʻi. Uzunligi 717 km, havzasining maydoni 22,8 ming km². Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 36 km da 55 m³/sek. Dekabrda muzlab, mart—aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xorol (oʻngdan). Psel boʻyida Oboyan, Sumi, Gadyach shaharlari joylashgan.[1]

Psel (Psyol)
Tavsif
Uzunligi 717
Maydoni 22 800 km²
Suv sarfi 55 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya va Ukraina
Psyol

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil