Pudrat shartnomasi (rus. podryad — bir yoʻla) — fuqarolik-huquqiy bitim, unga koʻra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan, muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi esa, ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi. Oʻzbekiston Respublikasida Pudrat shartnomasining maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati singari alohida turlari bor. Pudrat shartnomasi buyumni tayyorlash yoki qayta ishlash yoxud boshqa ishni bajarib, uning natijalarini buyurtmachiga topshirish borasida tuziladi. Buyum tayyorlash uchun tuzilgan Pudrat shartnomasi boʻyicha pud-ratchi buyumga boʻlgan huquqni buyurtmachiga beradi. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, pudratchi buyurtmachining topshirigʻini bajarish usullarini oʻzi belgilaydi. Agar Pudrat shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ish pudratchining qaramogʻida — uning materiallaridan, uning kuchi bilan va vositalaridan foy-dalangan holda bajariladi. Pudratchi oʻzi bergan materiallar va uskunalarning sifatiga, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquqlari boʻlgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javob beradi. Agar qonun yoki Pudrat shartnomasidan pudratchining shartnomada nazarda tutilgan ishni shaxsan bajarish majburiyati kelib chiqmaydigan boʻlsa, pudratchi oʻz majburiyatlarini bajarish uchun boshqa shaxslar (subpud-ratchilar) ni jalb qilishga haqlidir. Bu holda pudratchi bosh pudratchi vazi-fasini bajaradi. Pudrat shartnomasiga oid huquqiy holatlar Oʻzbekiston Respublikasi FKda bayon qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil