Puebla
(Puebla-de-Saragosadan yoʻnaltirildi)
Puebla, Puebla-de-Saragosa — Meksikadagi shahar, Meksika togʻligining jan.da, oʻrtacha 2150 m balandlikda. Puebla shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,34 mln. kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Mamlakatning eng muhim toʻqimachilik (ip gazlama va jun) sanoati markazi. Koʻn-teri, sement, keramika, oziq-ovqat sanoati, metallsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi rayoni (agava, shakarqamish, kunjut) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-tlar, mu-zeylar bor. Shaharga 1531-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16—18-asrlarda qurilgan sobor, cherkov va boshqa saqlangan.[1]
| |||
Shtat | |||
---|---|---|---|
Tarkibida | 217 munitsipalitet | ||
Maʼmuriy markazi | Puebla | ||
Yirik shahari | Puebla | ||
Asos solingan sanasi | 14-oktabr 1824 | ||
Gubernator | Rafael Moreno Vale (Rafael Moreno Valle), PAN с 01.02.2011 | ||
Rasmiy tili | ispan | ||
Aholi (2010) | 5 779 829 | ||
Zichligi | 170,40 kishi./km² | ||
Millatlar tarkibi | Metislar, asteklar, mishteklar, popoloki, oqlar v.b. | ||
Dinlar tarkibi | Katoliklar (91,6 %), protestantlar va evangellar (4,3 %), boshqa nasroniylar(1,4 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,4 %), ateistlar vaagnostiklar (1,4 %). | ||
Maydoni | 33 919 km² (21-oʻrin) | ||
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
5610 m | ||
Kengligi | 20º 50' — 17º 52' N | ||
Uzunligi | 96º 43' — 99º 04' E | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-6 | ||
Kod ISO 3166-2 | MX-PUE | ||
Pochta indeksi | Pue. | ||
Rasmiy sayti | http://www.puebla.gob.mx/ | ||
Xaritada | |||
19°00′13″N 97°53′18″W / 19.00361°N 97.88833°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |