Pufak kamera
Pufak kamera — ionlashgan zar-ralar izlarini qayd qiluvchi asbob. Dastlabki Pufak kamerani 1952-yilda D. Glezer ixtiro qilgan. Pufak kamera Vilson kamerasiga oʻxshab zarralarning tabiati va xossalarini aniklashga, ularning oʻzaro taʼsirlashuvi va parchalanishi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishga imkon beradi. Pufak kameraning ishlashi zarra trayektoriyasi yaqinida oʻta qizigan suyuqlikning qay-nab ketishi (mayda bugʻ pufakchalari hosil boʻlishi) hodisasiga asoslangan. Pufak kamerada membrana yoki porshen yordamida bosimni tez pasaytirib suyuklikning qaynab ketishiga erishiladi (rasmga q.). Ish suyukligi sifatida koʻpincha suyuq vodorod va deyteriydan (kriogen Pufak kamera) yoki proton, freon, propan-freon aralashmasidan (ogʻir suyuqlikli Pufak kamera) foydalaniladi. Qaynab ketgan suyuklik qisqagina vaqt mavjud boʻladi. Kamera oʻta sezgir holatga kelgan (suyukdik qay-nay boshlagan vaqt)da unga ionlashgan zarralar kiritiladi. Zarralarning izlari boʻylab pufakchalar zanjir hosil qilib koʻpaya boshlaydi. Pufakchalar 0,1— 0,3 mm oʻlchamga ega boʻlganda, kamera L manba bilan yoritiladi va izlar O va O2 obʼyektivlar yordamida suratga olinadi (stereorasmga olish deyiladi). Shundan soʻng kamerada bosim osha boshlaydi, pufakchalar yoʻqola boshlaydi va kamera yana ishlashga tayyor boʻladi. Pufak kamerada ish sikli 1 sekunddan qisqa vaqt davom etadi. Kuchli magnit maydonida Pufak kamera yordamida za-ryadlangan zarralar trayektoriyasining egrilik radiusi boʻyicha ularning im-pulsi aniqlanadi. Pufak kameradan koʻpincha za-ryadlangan zarralar tezlatkichila foydalaniladi. Bunda kamerada ish siklining boshlanishi unga zarralarning kirish vaqtiga moye tushishi kerak.
Adabiyot
tahrir- Aleksandrov Yu. A. [i dr.], Puzirkovie kameri, M., 1963.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |