Pul tizimi
Pul tizimi — muamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmga boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi qonunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida naqd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |