Pierre de Fermat

(Pyer Fermadan yoʻnaltirildi)

Pierre de Ferma (17-avgust 1601, Beaumont-de-Lomagne – 12-yanvar 1665, Castres) – fransuz matematigi. 1631-yildan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi Ferma vafotidan keyin ugʻli tomonidan „Har xil matematik asarlar“ (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Ferma hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

Pierre de Fermat
Tavalludi 1607[1][2]
Beaumont-de-Lomagne
Vafoti 12-yanvar 1665[3] Castres
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya
Millati Fransuz
Sohasi Matematika, Fizika, Huquq
Taʼlimi

Tuluz universiteti,

Orlean universiteti (bakalavr darajasi, 1626)
Mashhur ishlari Fermaning buyuk teoremasi
Dini Katolitsizm

Ferma darajalarni differensiallashning umumiy qonunini yaratdi va uni kasrli darajalarga tatbiq etdi. Koordinatalar usulini rivojlantirib, toʻgʻri chiziq va ikkinchi tartibli chiziklar tenglamalarini berdi. Hamma ikkinchi tartibli chiziqlar – konus kesimli egri chiziqlar ekanligini isbotlab, analitik geometriyaga asos soldi. Ekstremumlarni topish qoidasini yaratdi. Sonlar nazariyasida ikkita mashhur teorema, yaʼni Fermaning buyuk teoremasi va Fermaning kichik teoremasi Ferma nomi bilan bogʻliq. Ferma fizikada geometrik optikaga asos soldi. Differensial hisobga integral hisobsh fermatning hissasi katta.




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)