Pyesalar

William Shakespeare qalamiga mansub pyesalar toʻplami

„Pyesalar“William Shakespeare qalamiga mansub pyesalar toʻplami. 1960-yil Toshkent shahrida OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Mazkur toʻplamga muallifning eng taniqli besh pyesasi kiritilgan.

Pyesalar
Muallif(lar) William Shakespeare
Tarjimon(lar)
Til inglizcha
Janr(lar)i pyesalar
Nashriyot OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1960
Sahifalar soni 755

Pyesalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Maqsud Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom va Uygʻun tarjima qilgan. Toʻplamga „Hamlet“ (inglizcha: Hamlet), „Othello“ (inglizcha: Othello), „Qirol Lear“ (inglizcha: King Lear), „Julius Caesar“ (inglizcha: Julius Caesar) hamda „Romeo va Juliet“ (inglizcha: Romeo and Juliet) pyesalari kiritilgan.

Pyesalar

tahrir

Manbalar

tahrir