Pyezokvars (yun. piezo — bosaman va kvars) — begona minerallar, gaz va suyuq qoʻshimchalar, darzlik va qoʻshalokliklardan holi rangsiz va rangli kvars kristallari, ularning bulaklari. P.ning qoʻllanishi uning pyezo-elektrik xossalari (toʻgʻri va teskari pyezoeffekt)ga asoslangan. Radiotexnika, ultratovush gidroakustikasi va defektoskopiyada, gaz, suyuklik va kat-tik jismlar xossalarini oʻrganishda, bosim, kuch tezlanishi va vibratsiyalarni oʻlchash uchun pyezometriya va boshqalarda keng qoʻllanadi. P.dan tayyorlangan plastinkalar pyezoelektrik rezona-torlar — stabilizatorlar, radiochastota, telefon va telegraf filtrlari va boshqalarda ishlatiladi. Texnik talablari: kristallarda istalgan yunalishdagi kesmada ulchamlari 12x12x1,5 mm dan kam boʻlmagan P. plastinkalarini tayyorlash uchun yarokli nuqsonsiz monokristall joylarining mavjudligi (monoblastlar). Monoblastlarning foiz tarkibi boʻyicha P.larning navlari ajratiladi. Kvarsning ultrabi-nafsha nurlarida yuqori shaffoflik-ka ega boʻlgan toza, nuqsonsiz kristallari (togʻ billuri) optika sanoatida ishlatiladi. Kvarsning kam nuqsonli kristallaridan maxsus kvars oynasi ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. P. kvars, kvars-dala shpati va kvars-karbonatli tomirlardagi boʻshliqlarda hamda kamerali turkumdagi granitli pegmatitlardagi kvars ajratmalarida eng koʻp uchraydi. P.ning yirik sochma konlari mavjud. Kristallarining hosil boʻlishi, asosan, gidrotermal va gidrotermal-metasomatik jarayonlar bilan bogʻliq.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil