Qadimgi uygʻur tili – ilk oʻrta asrlardagi (hozirda oʻlik) adabiy turkiy tillardan birining shartli nomi; IX asr oʻrtalari – XIII asr oʻrtalarida Sharqiy Turkiston (hozirgi XX asrning Sintszyan Uygʻur muxtor rayoni)dagi Kucha davlatining rasmiy tili boʻlgan. Qadimgi uygʻur tili XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Turkistondan VIII-XVIII asrlarga

Qadimgi uygʻur tili
Til oilasi

Oltoy tillari

Alifbosi Uygʻur yozuvi, Urxun-Yenisey yozuvi, Brahmi va Tibetan alphabet
Til kodlari
ISO 639-3 oui[1]

Qadimgi uygʻur tili – ilk oʻrta asrlardagi (hozirgi oʻlik) adabiy turkiy tillardan birining shartli nomi; IX asr oʻrtalari – XIII asr oʻrtalarida Sharqiy Turkiston (hozirgi XXRning SintszyanUygʻur muxtor rayoni)dagi Kucha® davlatining rasmiy tili boʻlgan. Qadimgi uygʻur tilit. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Turkistondan VIII-XVIII asrlarga mansub yozma yodgorliklarning (bu yodgorliklar Berlin, Kioto, Sankt-Peterburg , London, Parij, Pekin, Istanbul, Stokgolmdagi qoʻlyozma fondlarida saqlanadi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi hamda madaniyatini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi) topilishi natijasida fanga maʼlum boʻlgan. Matnlarda aks etgan lisoniy tafovutlarga qaraganda, Qadimgi uygʻur tilining 2 lahjasi boʻlgan (ular shartli ravishda „plahja“ va „^lahja“ deb nomlanadi). Qadimgi uygʻur tilit. oʻz davrida boshqa adabiy turkiy tillar (mas, qadimiy oʻgʻuz tili) bilan ham umumiy, ham farqli fonetik va morfologik belgilarga ega boʻlgan boʻlsada, uning bunday xususiyatlari koʻproq urxunenisey yozuvi yodgorliklari tiliga yaqin turadi.

Qadimgi uygʻur tilit. yozma yodgorliklari deganda, asosiy manbalarda V-XIII asrlarda 3 xil yozuv shakli (urxunenisey, uygʻur, arab yozuvlari)da bitilgan matnlar koʻzda tutilsada, ulardan faqat V-IX asrlarda urxunenisey yozuvida („Selenga toshi“) hamda qadimiy uygʻur yozuvida yaratilgan („Moniylarning tavba namozi“) va „moniyuygʻur“, „buddauygʻur“ deb ataluvchi yodgorliklargina Qadimgi uygʻur tilining yodgorliklari hisoblanadi; arab yozuvidagi musulmonuygʻur yodgorliklari esa qoraxoniylar davri tiliga mansubdir. Shu bilan birga, har uchala turdagi yodgorliklar fonetik, leksikgrammatik jihatdan oʻzaro farklanadi.

mansub yozma yodgorliklarning (bu yodgorliklar Berlin, Kioto, Sankt-Peterburg, London, Parij, Pekin, Istanbul, Stokgolmdagi qoʻlyozma fondlarida saqlanadi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixi hamda madaniyatini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi) topilishi natijasida fanga maʼlum boʻlgan. Matnlarda aks etgan lisoniy tafovutlarga qaraganda, Qadimgi Uygʻur tilining 2 lahjasi boʻlgan (ular shartli ravishda „plahja“ va „lahja“ deb nomlanadi). Qadimgi Uygʻur tili oʻz davrida boshqa adabiy turkiy tillar (mas, qadimiy oʻgʻuz tili) bilan ham umumiy, ham farqli fonetik va morfologik belgilarga ega boʻlgan boʻlsada, uning bunday xususiyatlari koʻproq urxunenisey yozuvi yodgorliklari tiliga yaqin turadi. Qadimgi Uygʻur tili yozma yodgorliklari deganda, asosiy manbalarda V-XIII asrlarda 3 xil yozuv shakli (urxunenisey, uygʻur, arab yozuvlari)da bitilgan matnlar koʻzda tutilsada, ulardan faqat V-IX asrlarda urxunenisey yozuvida („Selenga toshi“) hamda qadimiy uygʻur yozuvida yaratilgan („Moniylarning tavba namozi“) va „moniyuygʻur“, „buddauygʻur“ deb ataluvchi yodgorliklargina qadimgi uygʻur tilining yodgorliklari hisoblanadi; arab yozuvidagi musulmonuygʻur yodgorliklari esa qoraxoniylar davri tiliga mansubdir. SHhu bilan birga, har uchala turdagi yodgorliklar fonetik, leksikgrammatik jihatdan oʻzaro farklanadi.[2]

Manbalar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Sherbak A. M., Grammaticheskiy ocherk yaznka tyurkskix tekstov X—XVII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M. – L., 1961; Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Drevnetyurkskiy slovar, L., 1969; Nasilov V. M. , Yazmk tyurkskix pamyatnikov uygurskogo pisma XI—XV vv., M., 1974; Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T, 1982.