Qadoq
Qadoq — odam terisidagi koʻp ishqalanadigan va qisiladigan sohaning qalinlashuvi, koʻproq qoʻl va oyoqda boʻladi. Oyoqdagi Qadoq, asosan, tor poyabzal kiyganda yoki teri chaqalanganda paydo boʻladi. Koʻpincha jimjiloq va 4barmoqda uchraydi. Qadoq har xil kattaliqda, sargʻish boʻlib, ushlaganda qattiq unnaydi, bosganda bezillab ogʻriydi. Qadoq tagi ildiz hosil qilib, teri osti qavatlariga yaxshi oʻrnashib oladi, usti yorilib, mikroblar oʻtishi natijasida saramas, flegmona va boshqalar yalligʻlanishlar yuzaga kelishi mumkin. Q vujudga kelganda darhol unga sabab boʻlgan omillarni yoʻqotish, zarur boʻlsa, koʻchirib tashlash lozim (buni maxsus kosmetikapedikyur xonalarida amalga oshirish mumkin). Qadoqlashgan terini yumshatish maqsadida har kuni kechqurun issiq suvga sovun yoki soda qoʻshib oyoqqa vanna qilish kerak. Bu usulni bir necha bor takrorlab, keyin Q.ni koʻchirib tashlasa boʻladi. Qadoqlashgan joy katta boʻlsa, vrachga murojaat etish kerak. Q.ning oldini olish uchun oyoqqa mos poyabzal kiyish, jismoniy ish qilganda maxsus qoʻlqoplardan foydalanish, qoʻl va oyoq terisini toʻgʻri parvarish qilish lozim[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |