Qahhorbek Nosirbekovich Abdullabekov (1942, Toshkent) – geofizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-mat, fanlari doktori (1988), professor (1991). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida katta ilmiy xodim (1974-yildan), labaratoriya boshligʻi (1977-yildan), 1989-yildan direktor. 1977-yildan hozirgi kungacha „Geofizik maydonlarning variatsiyasi“ labaratoriyasini boshqarib kelmoqda. Asosiy ilmiy ishlari zilzila xavfini aniqlash, geofizik usullar majmui yordamida zilzilalarni oldindan aytish muammolariga doir. Abdullabekov elektromagnit zilzila darakchilarining namoyon boʻlish qonuniyatlarini aniqlagan, zilzilalarni oldindan aytishning uch yangi usulini ixtiro qilgan va fanda ilgari nomaʼlum boʻlgan zilziladan oldin Yer qobigʻidan kuchli elektromagnit toʻlqinlari ajralib chiqishini aniqlagan, baʼzi kuchli zilzilalarning yuz berish joyi, kuchi va vaqtini (boshqa olimlar bilan hamkorlikda) oldindan aytib bergan. As: Elektromagnitnie yavleniya v zemnoy kore, T., 1989[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil