Qalandarxona - qalandarlar o‘z shayxlari boshchiligida jamoaviy tarzda hayot kechiradigan maskan. Qalandarxona ko‘p kishilar istiqomati uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda yashovchilar soni ta’lim oluvchilar bilan birga ikki yuz kishigacha yetadigan bo‘lgan. Ular o‘z maskanlarini xonaqo yoki qalandarxona deb atashgan. Qalandarxonalar Markaziy Osiyoning ko‘pgina hududlarida jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Xorazm, Farg‘ona kabilarda ham mavjud bo‘lgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 446.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.