Qallibek Kamolov
Qallibek Kamolov (1926-yilda tugʻilgan) – Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, ministrlar soveti raisi (1963—1984).
Qallibek Kamolovich Kamolov | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qoraqalpogʻiston Kompartiyasi 1-kotibi | |||||||||||
Mansab davri 1963-yildan – 1984-yilgacha | |||||||||||
Oʻtmishdoshi | Nosir Mahmudov | ||||||||||
Vorisi | Hakimbek Solihov | ||||||||||
Qoraqalpoq ASSR Ministrlar soveti raisi | |||||||||||
Mansab davri 1959-yildan – 1963-yilgacha | |||||||||||
Oʻtmishdoshi | Navruz Japaqov | ||||||||||
Vorisi | Erejep Aytmuratov | ||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||
Tavalludi | 18-mart 1926-yil | ||||||||||
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrirMillati qoraqalpoq. 1947-yilda Qoraqalpoq oʻqituvchilar institutini tamomlagan. 1955-yilda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutini (sirtdan) tamomlagan.
1946-yildan KPSS aʼzosi. 1971–1986-yillarda Markaziy Qoʻmita aʼzoligiga nomzod. KPSS XXII[1] va XXVI[2] qurultoylari delegati boʻlgan. 6—11-chaqiriqlar SSSR Oliy Kengashi deputati: Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (6-chaqiriq, 1962-1966) [3] va Oʻzbekiston SSR (7—9-chaqiriqlar, 1966—1979) Millatlar Kengashi deputati.)[4][5][6], Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidan Ittifoq Kengashi (10—11-chaqiriq, 1979-yil mart – 1984-yil mart, 1984 yil mart – noyabr)[7][8]. 1984-yil 16-noyabrda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan Kamolovning deputatlik vakolatlari ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan holatlar tufayli isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi tufayli muddatidan oldin tugatildi. U 1987-yilda „paxta ishi“ga aralashgan[9].
Mukofotlari
tahrirSotsialistik Mehnat Qahramoni (1973).
3ta Lenin ordeni (1971-yil 27-avgust; 1973-yil 12-oktyabr; 1976-yil 25-dekabr).
Oktyabr inqilobi ordeni (1980-yil 3-aprel).
Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965-yil 3-yanvar).
2ta „Hurmat Belgisi“ ordeni (17-dekabr 1949-yil; 1957-yil 11-yanvar).
2ta „Shavkatli mehnat uchun“ medali (28-oktyabr 1949-yil; 25-dekabr 1959-yil).
„El-yurt hurmati ordeni“ (2017)[10][11] bilan taqdirlangan.
SSSR Prezidentining 1990-yil 15-iyundagi farmoni bilan barcha mukofotlaridan mahrum etilgan. 1992-yilda barcha mukofotlari qaytarib berilgan va reabilitatsiya qilingan.
Kitoblari
tahrirQallibek Kamolov „El xizmatida“ xotira kitobining muallifi[12].
Sharof Rashidovning topshirig‘iga asosan 1963-yil erta bahorda Toshkentdan bog‘dorchilik sohasining akademigi hisoblangan atoqli bog‘bon Rizamat akani respublikamizga taklif qildik. Ana shu oqsoqol boshchiligida Nukusdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari ko‘magida qariyb 2 ming gektar maydonga turli mevali daraxt nihollari ekildi. Mazkur bog‘ni hosilga kirguncha uch-to‘rt yil vaqt davomida davlat mablag‘i hisobidan asrab-avaylab, parvarishladik
— Qallibek Kamalov, [13]
Oilasi
tahrir1949-yilda Lyubov Semyonovna Kamalova (1927—2022) bilan turmush qurgan[14]. Qallibek Kamolovning qizi Sharof Rashidovning oʻgʻli – Ilhomga turmushga chiqqan. 4 nafar farzandlari bor. Oʻgʻli – Murod Kamolov, 2018—2022-yillarda Joʻqorgʻi Kenges raisi boʻlgan[15]. U Sharof Rashidovning jiyaniga uylangan[16][17][18].
Manbalar
tahrir- ↑ „Материалы 22 съезда КПСС. Стенографический отчет.“. 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
- ↑ „XXVI съезд Коммунистической партии Советского Союза 23.2 — 3.3.1981“. 2009-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 6-го созыва“. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 7-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 8-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ Andoza:Книга:Депутаты Верховного Совета СССР 9 созыва
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 10-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР 11-го созыва“. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ Vladimir Pletinskiy – Iz bilogo
- ↑ http://press-service.uz/uz/lists/view/960[sayt ishlamaydi]
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Қаллибек Камолов: Тақдиримиз ягона, дардимиз ўхшаш, ютуқларимиз умумий“. www.yuz.uz. Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
- ↑ https://yuz.uz/news/qallibek-kamolov-taqdirimiz-yagona-dardimiz-oxshash-yutuqlarimiz-umumiy
- ↑ Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovga hamdardlik bildirdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/10/02/qoraqalpogiston-joqorgi-kengesiga-yangi-rais-saylandi
- ↑ Olenev M. – Genealogiya sovetskoy parteliti
- ↑ Kamalov Kallibek, biografiya
- ↑ Biografiya