Bufer kreditlar
(Qalqon kreditlardan yoʻnaltirildi)
Bufer kreditlar(qalqon kreditlar) – Xalqaro valyuta fondi ajratadigan kredit turi. Jahon bozorlarida xom ashyo va materiallar narxini barqarorlashtirib turish maqsadida barpo etiladigan xom ashyo tovarlarining ehtiyot zaxiralarini saqlab turishni moliyalashga ajratiladi. Narxlar keskin pasayib ketganda „Bufer kreditlar“ vositalaridan foydalanib xom ashyo xaridi koʻpaytiriladi va shu yoʻl bilan ularning zarur gʻamlama darajasi toʻldiriladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |