Qamar rais (taxallusi; asl nomi Musahib Ali Xon) (1932.12.7, Uttar Pradesh shtati Shohjahonpur shahri) — hind adabiyotshunosi, tarjimon, tanqidchi, jamoat arbobi. Agra universiteti bakalavri (1952), Lakhnau universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan (1956). Nagpur untida urdu tili magistri (1959). Dehli universitetining urdu boʻlimida katta oʻqituvchi (1959—68), dotsent (1968), urdu boʻlimi mudiri (1976— 79), professor (1983—97). Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazining direktori (1997—2004). Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar utoshmasi bosh kotibi (1973). Tadqiqot va nashriyot qoʻmitasi, Dehli Urdu akademiyasi raisi (1987). Aini paytda Hindiston — Oʻzbekiston doʻstlik jamiyati raisi. Asosiy ilmiy ishi — Premchand asarlarini tanqidiy oʻrganish mavzusida. Q.R. "Premchand ijodini tanqidiy tadqiq etish" (1959), "Premchand yozgan badiiytanqidiy maqolalar" (1960), "Urdu drama" (1961), "Toshkentga armugʻon" (1968, Gʻ.Gʻulomning sheʼrlari tarjimasi), "Oʻzbekiston shoirlari" (1973, 2 j.li), "Tarjima sanʼatiga oid maqolalar" (1976), "Ozodlikdan keyin Dehlida urdu hikoyanavisligi" (1990), "Oʻzbekiston va Alisher Navoiy" (1994), "Oʻzbekiston evrilishlar silsilasida" (inqilobdan inqilobgacha) (1997, Samarqand) va boshqalar ilmiytanqidiy asarlar muallifi. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Sanʼatshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti faxriy doktori (2001). "Zahiriddin Muhammad Bobur: shaxsiyati va sheʼriyati" kitobi uchun Bobur nomidagi xalqaro jamgʻarmaning Bobur mukofoti laureati (2004).