Qandak
Qandak — xalq seleksiyasida chiqarilgan mahalliy ertapishar oʻrik navi. Fargʻona vodiysi, Buxoro va Samarqand viloyatlarida keng tarqalgan. Bir qancha klonlari bor. Daraxti oʻrtacha kattalikda, shoxshabbasi quyuq, balandligi 7 m gacha. Shoxlari ingichka, kurtak va gullari mayda. Mart oxirlarida gullab, iyunning 2-yarmida pishadi. Mevalari mayda (20—25 g), dumaloq, poʻsti qalin, tuklari bor, eti toʻq sariq, oʻrtacha tigʻizlikda, shirin (qand miqdori 14—] 7%, quruq modda 26—28%, nordonligi past — 0,4—0,6%), danagidan oson ajraladi, danagi mayda. Sovuqqa va kasalliklarga chidamsiz. Ekilganidan keyin 5—7 yili hosilga kiradi. Asosan, qoqi solinadi, kompot, murabbo qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |