Qanlikoʻl tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasining markaziy qismidagi tuman. 1970-yil 7-dekabrda Qoʻngʻirot va Shumanay tumanlarining qismlaridan tashkil qilingan. Shim.gʻarbdan Qoʻngʻirot, sharqdan Kegeyli, jan.sharqdan Nukus, jan.dan Shumanay tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,74-mingkm2. Aholisi 41,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qanlikoʻl), 4 ovul fuqarolari yigʻini (Beskoʻpir, Kosjop, Navroʻz, Qanlikoʻl) bor. Markazi — Qanlikoʻl shaharchasi.

Qanlikoʻl tumani
Канлыкульский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maʼmuriy markazi Qanlikoʻl
Asos solingan sanasi 1970
Hokim Ibragimov Abu-Bakir [1]
Rasmiy tillar Qoraqalpoq, Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qanlikoʻl tumani xaritada
42°44′31″N 59°9′47″E / 42.74194°N 59.16306°E / 42.74194; 59.16306

Tabiati. Tuman hududi serunum Quyi Amudaryo tekisligida, Amudaryoning chap sohilida. Relyefi, asosan, pasttekislik. Amudaryoning qurib qolgan qadimiy tarmoqlari (Uldaryo, Kindikoʻzak, Begjap) oʻrni saqlangan. qadimiy koʻllarning oʻrni — turli kattalikdagi botiqlar bor. Koʻchma qumlar ham mavjud (Arzimbetqum massivi). Amudaryo qadimiy tarmoqlarining qirgʻoqlari boʻylab yer tagida turli kattalikdagi boʻshliqlar — ungurlar uchraydi. Uldaryoning ikkala qirgʻogʻidagi baʼzi ungurlarning diametri 5 m, chuq. 3 m ga yetady. Tuman hududidagi toʻqay va oʻtloqlar ekin maydoniga aylantirilgan. Kanal va ariqlar oʻtkazilgan. Qurilish materiallaridan gil va qum bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 7,1°, iyulniki 25,8. Eng yuqori temperatura 44°, eng past temperatura —30°. Vegetatsiya davri 186 kun. Yiliga 108 mm yogʻin tushadi. Asosan, bahor va qishda yogʻadi. Daryo boʻyida pichanzor va oʻtloqlar bor. Kichik koʻllar mavjud. Ekin maydonlari Begjap, M.Nurmuhamedov nomidagi, Sherioʻshi, Qanlikoʻl, Bozorboy va boshqalar kanallar orqali sugʻoriladi. Respublika ahamiyatidagi magistral kanallardan Suenli, Kindikoʻzek, Qiyatjargʻan, Ajiniyaz kanallari tuman hududidan oʻtgan. Tuproklari oʻtloqtaqir, oʻtloqibotqoq va taqir tuproqlar. Tuproqni shoʻrlanishdan saqlash uchun Oltinkoʻl kollektori, 58,8 km uzunlikdagi ichki zovurlar oʻtkazilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, chiy, yakan, bugdoyiq, ajriq, boʻyan, yantoq, yulgʻun, turangʻil, jiyda, tol va boshqalar oʻsadi. Hayvonot dunyosi xilmaxil; yovvoyi hayvonlardan: qobon, chiyaboʻri, quyon, ondatra; qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, qoʻton, chagʻalay; baliqlardan sazan, bakrabaliq, laqqa, choʻrtan va boshqalar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, koreys, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 55,6 kishi. Shahar aholisi 10,6 ming kishi, qishloq aholisi 30,6 ming kishi (2005).

Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik va sholichilik. Chorvachilik rivojlangan. Pilla, meva, sabzavot, poliz mahsulotlari ham yetishtiriladi. Tumanda kichik va xususiy korxonalar, jumladan, sanoat, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan yiriklari: paxta tozalash, gʻisht zdlari, avtokorxona, 6 qurilish korxonasi, MTP, shuningdek, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 1 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi.

Jami ekin maydoni 20,2 ming ga, shu jumladan, 5,4 ming ga yerga paxta, 3 ming ga yerga sholi, 500 ga yerga poliz, 100 ga yerga sabzavot, 8,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. Urmon xoʻjaligi (4,7 ming ga) mavjud. Lalmikor yerlar 32 ming ga, boʻz yerlar 141 ga, koʻp yillik daraxtzorlar 141 ga (shu jumladan, bogʻlar 127 ga), tokzorlar 13 ga, tutzorlar 1 ga, yaylovlar 13,2 ming ga yerni egallaydi. 11 shirkat, 420 fermer xoʻjaligi, 7 fermer xoʻjaliklar uyushmasi faoliyat koʻrsatadi. Fermer xoʻjaliklaridan 361 tasi gʻallachilik va paxtachilik, 12tasi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 14,9 ming qoramol (shu jumladan, 6,3 ming sigir), 15,2 ming qoʻy va echki, 11,9 ming parranda, 845 yilqi boqiladi. 24 umumiy taʼlim (9,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa, sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji (1,2 ming oʻquvchi), 14 kutubxona (112,9 ming asar), madaniyat uyi, 2 qishloq madaniyat uyi, 3 klub muassasasi bor. Stadion, tennis, futbol maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, qishloq kasalxonasi, poliklinika, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 4 qishloq vrachlik punkti, 11 feldsherakusherlik punkti. stomatologiya poliklinikasi, 5 dorixona va boshqalar tibbiy muassasalarda 59 vrach (har 10 ming aholiga 14,3 vrach) va 502 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Qanlikoʻl tumani hududidan respublika ahamiyatidagi Toshkent — Nukus temir yoʻl oʻtgan. 110 km dan ziyod avtomobil yoʻllari bor. Tuman markazi (Qanlikoʻl)dan Nukus, Qoʻngʻirot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Manbalar

tahrir