Qarajeri
Qarajeri — Buxoro viloyati,Buxoro tumanidagi qishloq. Qarajeri — „qorajoʻxori“ atamasining buzilgan shakli. Chorva mollari uchun qora joʻxori ekini etishtiradigan qishloq. Boshqa maʼnoni berishi toʻgʻrisidagi rivoyatga koʻra, uning paydo boʻlishi amir choʻrisi bilan bogʻliq[1].Amirga beminnat xizmat qilib eʼzozga erishgan qora tanli choʻriga hukmdor tarafidan qishloq maydonlari inʼom qilingan. Oʻsha joy „qora choʻrining yerlari“ deb atala boshlagan va zamonlar oʻtishi bilan „qorajeri“ga aylangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.